Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar


Soliq solinmaydigan yer uchastkalari


Download 43.58 Kb.
bet14/15
Sana03.04.2023
Hajmi43.58 Kb.
#1322534
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
yuridik shaxslarddan

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari
Soliq kodeksining 282-moddasiga ko’ra Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi lar kiradi:
1)  bog’dorchilik, o’zumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo’llari, sugorish ariklari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
2) muhofaza etiladigan tabiiy xududlarning yerlari, bundan xo’jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar mustasno;
3) sog’lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar. Profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun kulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo’lgan yer uchastkalari;
4) tarixiy-madaniy axamiyatga molik yerlar (qo’riqxonalar, xotira bog’lari);
5) suv fondi yerlari;
6) elektr o’zatish liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar;
7) madaniyat, xalk ta’limi va soglikni saklash obyektlari egallagan yerlar;
8) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari egallagan yerlar;
9) O’zbekiston Respublikasining Investisiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;
10) yuridik shaxs balansida bo’lgan va xo’jalik faoliyatida foydalanilmaydigan muxofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
11) ixota o’rmon daraxtzorlari egallagan yerlar; ilmiy yoki tarixiy axamiyatga molik o’rmonlar;
12) Qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yangi o’zlashtirilayotgan yerlar, ularni o’zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
13) meliorasiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud Sug’oriladigan yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
14) yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning kator oralaridan Qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan kat’i nazar, uch yil muddatga;
15) Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi soxasidagi ilmiy-tadkikot tashkilotlari hamda O’quv yurtlariga karashli tajriba, eksperimental va O’quv-tajriba xo’jaliklarining bevosita ilmiy hamda O’quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari (jami 26 punkt).
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga ushbu moddada belgilangan imtiyozlar tatbik etilmaydi.

Download 43.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling