Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
Aksiz solig’i solinadigan baza
Download 43.58 Kb.
|
yuridik shaxslarddan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aksiz solig’i stavkalari
Aksiz solig’i solinadigan baza
Soliq kodeksining 232-moddasida soliq solinadigan baza baratafsil bayon qilingan. Bu quyidagilardir: Aksiz solig’ining stavkalari mutloq so’mmada (qat’iy) belgilangan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, agar boshqa cha koida nazarda tutilmagan bo’lsa, realizasiya qilingan aksiz to’lanadigan tovarlarning aksiz solig’i hamda Qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati Soliq solinadigan bazadir. Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan devidendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizasiya qilingan taqdirda Soliq to’lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqikiy tannarxidan kam bo’lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat Soliq solinadigan bazadir. Qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi. Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda belgilangan import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza bojxona to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofik aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi Aksiz solig’i stavkalari Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari Prezident Karorlari bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda va (yoki) naturada ifodalangan o’lchov birligi mutlaq so’mmada (qat’iy) belgilanadi. 2011 yil uchun tasdiqlangan aksiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari quyida keltirildi. Jadval Mamlakatda ishlab chiqarilib aksiz solig’iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz solig’i stavkalari
*) Hajmiy ulushda etil spirti 40 foizdan ko’p bo’lgan qonyak, arok va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz solig’i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 31236 so’m miqdorida belgilanadi. Izox: 1. Bir o’lchov birligiga so’mda belgilangan aksiz solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmi dan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta kurib chiqilishi mumkin. 2. «Jeneral Motors O’zbekiston» YoAJ avtomobillari, tabiiy va suyultirgan gaz, shuningdek qimmatbaho metallarga aksiz solig’ini to’lovchilar va uni to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 3. Paxta tolasining ichki narxlari (realizasiya bo’yicha harajatlarni hisobga olgan holda ) va uni realizasiya qilishning haqikiy narxi o’rtasidagi ijobiy farq Paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamida jamlanadi va 25 foizgacha bo’lgan miqdorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq kreditorlik qarzini so’ndirish uchun paxtachilik fermer xo’jaliklariga 25 foiz miqdorda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xuzuridagi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik masulotlarini hisob-kitob qilish jamg’armasining kreditlari bo’yicha qarzlarni so’ndirishga, qolgan qismi esa-mazkur Jamg’armaning oborot mablag’larini to’ldirishga yo’naltiriladi. O’zbekiston Respublikasi xududiga olib kelinadigan aksizli tovarlarga aksiz solig’i stavkalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda yoki bir o’lchov birligi uchun AKSh dollarida belgilangan. Download 43.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling