Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
Download 218.5 Kb.
|
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar.
Soliq solinadigan baza.
Yalpi tushumdan Soliqka tortilmaydigan daromadlarni hamda yalpi tushumni kamaytirish uchun belgilangan Soliq va to’lovlarni chegirib tashlash orkali Soliq solinadigan baza aniqlanadi. Yalpi tushumdan chegirib tashlanadigan daromadlarga quyidagi lar kiradi: davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar; to’lov manbaida Soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar; dividendlar tariqasida olingan va kaysi yuridik shaxsdan olingan bo’lsa, usha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo’naltirilgan daromadlar. hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular kaysi davrda paydo bo’lgan bo’lsa, usha davrdagi qonun xujjatlariga muvofik Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha o’tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda Soliq solinishi kerak; ko’p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo’lsa; mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatish natijasida olingan boshqa daromadlar. Shular bilan bir qatorda soliq solinadigan baza quyidagi soliq to’lov va yig’imlarga ham kamaytiriladi: avtomobillarga yokilgi kuyish shoxobchalari uchun: jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yokilgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliq so’mmasiga; benzin, dizel yokilgisi va gazning avtomobillarga yokilgi kuyish shoxobchalarining belgilangan eng yukori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o’rtasidagi Mahalliy byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan farq so’mmasiga; lotereya uyinlarini tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – yutuq (mukofot) fondining so’mmasiga, biroq tarkatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy so’mmasidan ortiq bo’lmagan miqdoriga; brokerlik tashkilotlari uchun – bitim so’mmasidan birjaga o’tkaziladigan vositachilik yig’imi so’mmasiga; vositachilik, topshirik shartnomasi bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – realizasiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to’langan bojxona to’lovlari so’mmasiga. Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling