Yuridik shaxslarning dividend va foiz tarzidagi daromadlariga soliq solish


Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solishning o`ziga xos xususiyatlari


Download 39.43 Kb.
bet2/4
Sana26.03.2023
Hajmi39.43 Kb.
#1296283
1   2   3   4
Bog'liq
YURIDIK SHAXSLARNING DIVIDEND VA FOIZ TARZIDAGI DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISH

Kredit tashkilotlarining daromadlariga soliq solishning o`ziga xos xususiyatlari
(SK-22-bob, 148-modda.)
Kredit tashkilotlarining daromadlariga, Soliq Kodeksining 130 va 132-moddalarida nazarda tutilgan daromadlardan tashqari quyidagilar kiradi:
1) kredit tashkilotining o`z nomidan va o`z hisobidan pul mablag`larini joylashtirishidan, kreditlar hamda zayomlar berishdan olinadigan foizlar;
2) mijozlarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochganlik va Yuritganlik hamda ularning topshirig`iga binoan hisob-kitoblarni amalga oshirganlik uchun olingan haq, shu jumladan jo`natma, inkasso, akkreditiv va boshqa operatsiyalar, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun mo`ljallangan to`lov kartalarini hamda boshqa maxsus vositalarni rasmiylashtirganlik va xizmat ko`rsatganlik uchun, hisobvaraqlar bo`yicha ko`chirmalarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etganlik uchun va summalarni qidirganlik uchun vositachilik haqi hamda boshqa pul mukofotlari;
3) pul mablag`larini inkassatsiya qilishdan, veksellardan, to`lov va hisobkitob hujjatlaridan hamda mijozlarga kassa xizmati ko`rsatishdan olinadigan daromadlar;
4) naqd pulli va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladigan valYuta operatsiyalarini o`tkazishdan, shu jumladan chet el valYutasini sotib olish yoki sotish, jumladan mijozning hisobidan va uning topshirig`i bo`yicha operatsiyalarda vositachilik va boshqa mukofotlar, valYuta boyliklari bilan operatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
5) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etilishini nazarda tutuvchi bank kafolatlari, majburiyatlari, avallari va kafilliklari berishga doir operatsiyalardan olinadigan pul shaklidagi mukofot;
6) talab qilish huquqining (shu jumladan ilgari olingan huquqning) tugatilishi yoki realizatsiya qilishdan (o`zganing foydasiga voz kechilishidan) olingan mablag`lar summasi va mazkur talab qilish huquqining hisobga olish qiymati o`rtasidagi ijobiy farq tarzidagi daromadlar;
7) hujjatlarni va qimmatliklarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar va seyflarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
8) pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar, boshqa boyliklar va bank hujjatlarini etkazib berganlik, tashiganlik uchun haq;
9) qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni tashiganlik va saqlab turganlik uchun haq;
10) forfeyting va faktoring operatsiyalarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
11) hisoblangan hamda shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda olinishi kerak bo`lgan yoki olingan foizli va foizsiz daromadlar;
12) kredit tashkilotlari tomonidan o`z professional faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar.
O`stirmaslik maqomini olgan kredit bo`yicha hisoblangan foizlar O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq daromadlar hisobvaraqlaridan chiqarib tashlanadi.


Download 39.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling