Diagnostikaning psixologik-pedagogik jihatdan asosiy yo‘nalishlari
Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining talab darajasidan kelib chiqqan holda shakllanmoqda. Shu sababli, bu yo‘nalishlarning mohiyatini pedagogik amaliyotning qaysi sohasida qo‘llanishini aniqlamasdan turib izchil yoritib bo‘lmaydi. Biz quyida psixologik-pedagogik diagnostika qo‘llanishilishi lozim bo‘lgan, hamda juda katta amaliy ahamiyatga ega sohalardan bir nechtasini shartli ravishda (hayotda esa ular umumiy, bitta pedagogik jarayonning ajralmas kismlaridir) ajratib o‘rgandik:
ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi;
boshqarish va amaliyot;
didaktika va xususiy metodika;
pedagogik sosiologiya;
ijtimoiy psixologiya;
pedagogik psixologiya.
Bu sohalarni asosiy vazifasi va predmetining pedagogik hamda psixologik adabiyotlarda, o‘quv qo‘llanmalarda yetarligiga yoritilganligini hisobga olib, ularga batafsil to‘xtalib o‘tmaymiz.
Ma’lumki, mazkur sohalarning har birida psixolog yoki qiziquvchi mutaxassislar tomonidan ma’lum daraja diagnostik ishlar amalga oshiriladi. Mana shu ishlar majmuasi psixologik va pedagogik diagnostikaning yo‘nalishlarini tashkil qiladi. Jumladan, har bir sohada o‘ziga xos diagnostik izlanishlar olib borilib ularning mazmuni psixologik pedagogik diagnostika yo‘nalishlari belgilab beradi.
Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish
Bu yo‘nalish o‘quvchilarning tarbiyalanganligini, ularning xulq-atvorini, odob-axloqini, tarbiyalanuvchiligini (tarbiyaviy ta’sirlarga berilishi) ni o‘rganishdan iboratdir.
Tashkiliy-metodik diagnostika
Pedagoglarning kvalifikasiyasini, ta’lim jarayonining uslubiy ta’minlanganlik darajasini baholashdir.
Didaktik diagnostika
Pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir (ta’lim jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). Bunda talabalarning og‘zaki va yozma javoblari hamda ulardagi tipik xatolar, sabablari, ta’lim faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlar o‘rganiladi. Shuningdek, talabalardagi mehnat malaka va ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasi hamda ta’lim olishga nisbatan moyillik diagnostika qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |