Mundarija i-bob. Metodlar haqida umumiy tushuncha metodika tushunchasi


Download 88.11 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi88.11 Kb.
#1558914
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdulhamid 12 04



MUNDARIJA


I-BOB. METODLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA……………

    1. Metodika tushunchasi…………………………………….

    2. Pedagogik fanlarni o’rganish…… ……………………….



II-BOB. Konsept ma’ruzaning pedagogik fanlarni o’rganishdagi afzalliklari
2.1 Konspekt ma’ruza……………………………………………………
2.2 Konsept ma’ruzaning pedagogik fanlarni o’rganishdagi afzalliklari


Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….

1.Metodika tushunchasi

Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Metodika - ta'lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o’rni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi

2.Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari mohiyati .
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogik - psixologik fanini o’quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog’liqdir.
Pedagogik – psixologik fanlarni o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’qitish ning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi.
Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o’qitish metodikasining o’ziga xos qirralari aniqlanadi.Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga haratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshharuvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir.
Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o’zlashtirish usulari bilan belgilanadi.

Pedagogik metodologiya o’z ichiga quyidagilarni oladi:


1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta’limot.
2. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza).
3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo’lib, pedagogik - psixologikni umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogik - psixologiya fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti bo’lgan ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi.


Download 88.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling