Yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar
ozod qilinadi
Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari
Nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar
Ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari-qaror qabul qilingan kundan
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish yo‘llari, sug‘orish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar);
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar);
suv fondi yerlari (suv havzalari - daryolar, ko‘llar, suv omborlari);
elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash ob’ektlari egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;
shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |