Mavzu. O`zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy metodologik asoslari. Arxeologiya
Download 18.61 Kb.
|
1-glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gnoseologiya
Mavzu. O`zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy metodologik asoslari. Arxeologiya (yunoncha “archaios”-qadimgi, “logos”-fan)-insoniyat o`tmish tarixini moddiy madaniyat yodgorliklari (mehnat qurollari, asbob-anjomlari, qurol-yarog`lari, turar joylari, qurilishlari, qabrlarini) qazishmalar orqali o`rganuvchi fan. Geneologiya (yunoncha “genealogia”-shajara, nasl-nasab) 1.Insonlar shajarasini, qarindosh-urug`chilik aloqalarini o`rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi. 2.Shajara, biron bir urug` yoki shaxsning tarixi; nasl-nasab shajarasi. Gnoseologiya (yunoncha “gnosis” bilim, “logos” fan)-borliqni, dunyoni bilish va chin haqiqatga erishish haqidagi hamda bilishning manbalari va shakllari to`g`risidagi ta`limot. Borliqni bilish nazariyasi. Davrlashtirish-insoniyat tarixini ijtimoiy-iqtisodiy hayot va turmush tarziga qarab ma`lum davrlarga bo`lish tushuniladi. Arxeologlar o`tmish tarixni insonlar ishlatgan mehnat qurollarining turiga qarab quyidagicha davrlashtiradilar: Paleolit davri: 1) Ilk Paleolit-2,5 mln.-100 ming yilliklar 2) O`rta Paleolit-100-40 ming yilliklar 3) So`nggi Paleolit-40-12 ming yilliklar Mezolit davri-12-7 ming yillik Neolit davri-6-4 ming yillik Eneolit davri-4-3 ming yillik Bronza (Jez) davri-3-2 ming yillik Temir davri-miloddan avvalgi I ming yilikdan boshlanadi O`zbekiston tarixini davrlashtirish masalasida akademik A. Asqarov tomonidan taklif etilgan fikr bugungi kunda eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblash mumkin. Olim quyidagi ettita asosiy davrni ko`rsatib o`tadi: 1). Ibtidoiy to`da davri (2,5 mln-40 ming yilliklar) 2). Urug`chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri (40 ming yillikdan milodiy V asrlargacha) 3). Ilk O`rta asrlar davri (IV-V asrlardan-IX asr o`rtalarigacha) 4). O`rta asrlar davri (IX asr o`rtalaridan-XIX asrning birinchi yarmiga qadar 5). Mustamlakachilik va milliy uyg`onish davri (XIX asr o`rtalaridan-1917 yilgacha) 6). Sovetlar (Sho`ro) davri (1917-1991 yillar) 7). Milliy istiqlol, demokratik va fuqarolik jamiyati qurish davri Dialektika (yunoncha “dialektike”-bahs yuritish san`ati)-tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining o`zaro aloqadorligini o`rganuvchi ta`limot. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo`ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o`zaro bog`lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo`ladi, deb hisoblaydi. Idealizm-moddiylikni inkor etib, olamning asosida rux yoki g`oyalar yotadi, dunyoning mavjudligi va rivojlanib borishida g`oyalar muhim rol` o`ynaydi deb ta`kidlovchi falsafiy qarash va ta`limot. Idealizm materializmning aksidir. Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling