Mavzu. O`zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy metodologik asoslari. Arxeologiya


Lingvistika-qadimgi tillarni o`rganuvchi fan. Materializm


Download 18.61 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi18.61 Kb.
#1301458
1   2   3
Bog'liq
1-glossariy

Lingvistika-qadimgi tillarni o`rganuvchi fan.
Materializm (lotincha. “materialis”-moddiy)-olam moddiy, ongimizga bog`liq bo`lmagan holda, ob`ektiv tarzda mavjud. Materiya birlamchi, hech kim tomonidan yaratilmagan, abadiy mavjud, tafakkur esa materiyaning xususiyatidir, olam va uning qonuniyatlarini bilish mumkin deb qarovchi falsafiy yo`nalish, oqim.
Materializm idealizmga qarama-qarshi bo`lib, ular o`rtasida tarixda ko`p baxslar bo`lgan va u hozirda ham davom etmoqda.
Metodologiya (yunon. “methodos”-yo`l, usul, “logos”-ta`limot)-insonning amaliy va nazariy faoliyatini to`g`ri uyushtirish va tuzish to`g`risidagi ta`limot. Boshqacha qilib aytganda 1) ilmiy bilish metodlari va usullari to`g`risidagi ta`limot; 2) inson faoliyatining biron bir sohasiga qo`llaniladigan metod, usullar majmuasi.
Milodiy yil hisobi-jahon xalqlari o`tmish tarixdagi voqea-hodisalarni ma`lum tartib, ketma-ketlikda bayon etishga ehtiyoj sezib, o`zlarining yil hisobilarini, - kalendarlarini yaratishgan. Qadimgi Misrda, Mesopotamiya xalqlarida, Hindlarda, Xitoyliklarda, Yunonlarda va qadimgi Rimliklarda o`ziga xos yil hisobi (kalendar) amal qilgan. Jumladan, musulmon dunyosida bugunga qadar amal qilib kelinayotgan hijriy yil hisobi mavjud. O`rta Osiyo xalqlari ham Movarounnahrga islom dini va islom madaniyati kirib kelishi bilan bir vaqtda asta-sekin hijriy yil hisobidan foydalana boshlaganlar. Vatanimiz tarixining arab istilosidan to XX asr boshlarigacha bo`lgan tarixiy voqealari o`rta asr qo`lyozmalari va boshqa yozma manbalarda hijriy yil hisobi bilan yoritib kelingan.
Turkistonda Chor Rossiyasi va keyinchalik Sovetlar hokimiyati o`rnatilgach, O`rta Osiyoda ham evropada amalda bo`lgan milodiy yil hisobi joriy qilindi va bu hozirgacha amalda bo`lib kelmoqda. Milodiy yil hisobi xristian (nasroniylik) dinining payg`ambari Iso alayhissalom (Iesus Xristos)ning tavallud topgan yilidan boshlanadi. “Milod” so`zi arabchadan “tug`ilmoq” degan ma`noni anglatadi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, masalan, hozirgi 2008 yil bu Iso payg`ambarning yoshi. Iso payg`ambar tug`ilganidan keyin sodir bo`lgan voqealar milodiy (eramiz), Iso payg`ambar tug`ilishidan oldin bo`lib o`tgan voqealar esa miloddan avvalgi (eramizdan avvalgi) deb yuritiladi.

Download 18.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling