«yurisprudensiya»


Suv obyektlaridan sanoat maqsadalarida foydalanish huquqi


Download 1.39 Mb.
bet46/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv obyektlaridan sanoat maqsadalarida foydalanish huquqi
Suv obyekti egasi, suvdan foydalanuvchi, sanoat korxonalarining suvdan foydalanishga oid huquq va majburiyatlari yig‘indisi suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida foydalanish huquqi mazmunini o‘zida namoyon etadi.
Suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish ko‘p jihatdan sanoat maqsadlarida suvdan foydalanuvchi subyektlarning suvdan foydalanish bo‘yicha qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga og‘ishmay rioya qilishlari hamda ularni boshqarishlariga bog‘liq bo‘ladi.
Suv obyektlaridan sanoat maqsadalarida oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar va suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari qonunda ko‘rsatilgan.
Ushbu qonunlar normalaridagi asosiy talablar suv obyektlaridan sanoat maqsadlarida ilm-fan tavsiyalari asosida foydalanish, suvdan foydalanishga sanoat obyektlari va korxona manfaatlarini ham inobatga olib foydalanish, suvdan aniq maqsadlarda foydalanish, suvni muhofaza qilish va uni kimyoviy, biologik, eqologik sifatini buzmaslik, ifloslantirmaslik, suv obyektlaridan hamisha sanoat maqsadalarida halq farovonligi va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash yo‘lida foydalanishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasiga asosan suvdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: suv obyektlari qanday maqsadalr uchun foydalanishga berilgan bo‘lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish; suvdan foydalanishning amalga oshirish uchun inshootlar, qurilmalar va boshqa obyektlarni qurish; beriladigan suvning miqdori va sifatini tekshirish; qonunlarda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, shartnoma bo‘yicha olinmay qolgan suv uchun tavon to‘lashini talab qilish; suv obyektlaridan foydalanish bo‘yicha qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Bundan tashqari, suv ob’eklaridan sanoat maqsadlari uchun foydalanishda suvdan foydalanuvchilar bir qator burchlarga ham rioya qilishlari lozim. «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasida asosan suvdan foydalanuvchilar: suv obyektlaridan oqilona ravishda foydalanishlari, suvni tejab tergab sarflash, suvning sifatini qayta tiklash va yaxshilash to‘g‘risida qayg‘urishlari, suv olishning belgilangan me’yorlariga rioya etishlari; iflos moddalar aralashib qolgan oqindi suvlarni suv ob’eklariga oqizishni tamomila to‘xtatish choralarini ko‘rishlari; boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilgan huquqlarning buzilishiga, shuningdek, xo‘jalik va tabiat obyektlariga (yerlar, o‘rmonlar, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va hokozolarga) zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmasliklari; suvni muhofazalaydigan va boshqa suv xo‘jalik inshootlarini hamda texnikaviy qurilmalarni soz holda tutishlari, ularni ishlatish sifatlarini yaxshilashlari, olinayotgan suvni hisob-kitob qilib borishlari; suv resurslaridan foydalanganlik haqini o‘z vaqtida to‘lashlari shart.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling