«yurisprudensiya»


Download 1.39 Mb.
bet2/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

Taqrizchilar:
E.Sobirov – Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo’yicha asaka tumanlararo sudi raisi PhD
Z.Asqarov – Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti PhD.
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot” fakulteti dekani: ___________ “___”___________2023 yil

“Qishloq xo’jaligi huquqi va agroturizm” kafedrasi mudiri:


____”_______________2023 yil___________Z. Asqarov
Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i:
_____” ___________2022 yil__________I.Mamajonov
O’quv-uslubiy majmua Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Kengashining 2023 yil ____________dagi _____-sonli qarori bilan nashirga tavsiya qilindi.


Mundarija:


Titul varag‘i





Mundarija





О‘quv materiallari





Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari





Ilovalar:

Fan dasturi







Syllabus






Tarqatma materiallar




Testlar




Sillabusga muvofiq baholash me’zonlarini qо‘llash bо‘yicha uslubiy kо‘rsatmalar





О‘TMning
electron varianti








1-mavzu. SUV HUQUQINING PRЕDMЕTI VA TIZIMI, Suv huquqi munosabatlari
Reja:
1. Suv huquqi tushunchasi va predmeti
2. Suv huquqining tamoyillari, usullari va tizimi
3. Suv huquqining boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liqligi
4. Suv huquqi munosabatlari tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari
5. Suv huquqi munosabatlarining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari
6. Suv huquqi munosabatlarining ob'ektlari va sub'ektlar. Suv huquqi munosabatlarining mazmuni
7. Suv huquqi munosabatlarining vujudga kelishi va bekor qilish asoslari


1. Suv huquqining tushunchasi va predmeti.
Suv resurslarining tabiat va jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlarda tutgan o‘rni beqiyosdir. Chunki, suv resurslari tabiatning ajralmas qismi sifatida yer, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tabiiy qonuniyatlar asosida ekologik tizimning barqaror evolyutsion rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Jamiyatda suv resurslari o‘ziga xos muhim o‘rin tutib, avvalo insonning hayoti uchun zarur tiriklik manbai, jamiyat hayotida aholining turli ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarida ham asosiy tabiiy resurs sifatida ahamiyati cheksizdir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barcha tarmoqlari, shu jumladan agrosanoat tizimi uchun muhim strategik tabiiy resurs hisoblanadi. Respublikamizda 1,3 mln.ga sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, unda asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladi. O‘zbekiston aholisi ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlarining 60 foiz yer osti suvlari orqali qondiriladi. Markaziy Osiyo suv hajmi cheklangan mintaqalardan biri sifatida asosiy suv manbai Amudaryo, Sirdaryo va boshqa daryo, suv havzalaridan iboratdir. Bugungi suvga bo‘lgan talab va ehtiyojning oshishi esa, ulardan ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan ravishda oqilona foydalanish, hamda muhofaza etish choralarini kurishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng birinchi navbatda tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularning tabiiy holatini yaxshilashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilangan dastur va rejalar asosida amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 55-moddasida suv resurslari boshqa tabiiy boyliklarimiz singari umummilliy boylik bo‘lib, ulardan faqat oqilona foydalanish zarurligi hamda ularning davlat tomonidan muhofaza qilinishi kabi huquqiy tamoyillari belgilangan bo‘lib, hozirgi davrda shakllanib borayotgan suv qonunchiligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini belgilaydi.
Suvga oid qonun hujjatlarining shakllanishi o‘z navbatida suv huquqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda O‘zbekiston huquq tizimida suv huquqi o‘z mustaqil o‘rniga asos bo‘lgan, tobora takomillashib borayotgan huquq sohalaridan hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida suv resurslaridan foydalanish o‘z navbatida suvlarning holatini yomonlashishi, hajmining kamayishi kabi salbiy omillarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun jamiyatning tarixiy turli davrlarida suvdan foydalanish va muhofaza qilishga doir huquqiy chora-tadbirlar joriy etiladi.
Ushbu holat o‘z navbatida, suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Suv huquqi suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o‘rganuvchi fandir. O‘z navbatida suv huquqi respublikamiz huquq tizimida o‘z o‘rni, salohiyati, mustaqil yo‘nalish va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan huquq sohasi hisoblanadi.
Davlat va huquq nazariyasiga asosan mustaqil huquq sohasi sifatida e’tirof etilayotgan fan birinchidan, ma’lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi; ikkinchidan, huquqiy munosabatlarni tartibga solishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi; uchinchidan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda maxsus tamoyil, usullarini qo‘llanilishi; to‘rtinchidan; ma’lum ijtimoiy munosabat boshqa turdagi huquqiy choralar bilan amalga oshirib bo‘lmasligi va boshqa talablarga javob berishi lozim.
Suv huquqi yuqorida ko‘rsatilgan barcha talablarga javob beradi. Xususan, birinchidan, suvlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, ikkinchidan, suvlardan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq huquqiy me’yoriy hujjatlar suvlarning ekologik holati, sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq xususiyatlari asosida qabul qilinadi va tartibga solishda ishtirok etadi, uchinchidan, suvga oid maxsus huquqiy tamoiyl va usullarga ega bo‘lib, ushbu ijtimoiy munosabatlarni boshqa yo‘nalishdagi huquqiy chora-tadbirlar bilan tartibga solib bo‘lmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, suv tabiatning ajralmas tarkibiy qismi va huquqiy munosabatlarning obyekti sifatida ham o‘z xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar esa suv huquqiy munosabatlarining murakkabligi, kengligi, xilma-xilligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, davlat va huquq nazariyasiga asosan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida tutgan o‘rni va darajasi nuqtai nazaridan mustaqil va kompleks (ya’ni, majmualashgan yoki keng qamrovi) huquq sohalariga bo‘linishi mumkin.
Mustaqil yo‘nalishdagi huquq sohalari ma’lum ijtimoiy munosabatlarni o‘zining kuchi, imkoniyatlari doirasida tartibga soladi. Masalan, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va boshqalar.
Kompleks, ya’ni keng qamrovli ahamiyatga ega bo‘lgan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqa huquq sohalarining huquqiy qoida talablari va tamoyillaridan foydalanadi.
Suv huquqi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda, birinchidan, suvga oid huquqiy tamoyil, usul va qoida talablarini qo‘llaydi, ikkinchidan, suvga doir ijtimoiy masalalarni hal qilishda boshqa huquq sohalarining qoida talablaridan foydalanadi. Albatta, suv huquqida belgilangan chora-tadbirlar, ya’ni suvga oid huquqiy tamoyil, qoida talablar ekologik huquqiy tamoyil, talablar bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, suv bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ma’muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat va xo‘jalik huquqining vosita va qoida talablari ham keng qo‘llaniladi.
Shunday qilib, suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solish jarayoniga Suv huquqining predmeti deb, aytiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling