«yurisprudensiya»


Suv huquqining tamoyillari, usullari va tizimi


Download 1.39 Mb.
bet3/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv huquqining tamoyillari, usullari va tizimi
Hammamizga ma’lumki, har bir fan sohasi, shu jumladan, suv huquqi fani suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida o‘ziga xos tamoyil va usullariga ega bo‘lib, tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlarning doirasi, ko‘lamidan kelib chiqadi.
Huquq sohalarining shu jumladan suv huquqining tamoyillari suvdan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish maqsad va vazifalari yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Suv huquqining tamoyillari tabiiy qonuniyatlarga tayangan holda barcha yuridik va jismoniy shaxslarning suvga bo‘lgan xatti harakatlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda yo‘naltirishdan iboratdir.
Suvga doir munosabatlar doirasi murakkabligi suv huquqi tamoyillarining quyidagi tizimga bo‘linishiga olib keladi;
1. Davlat va huquqning umumiy tamoyillari;
2. Suvga doir maxsus tamoyillar.
Ma’lumki, suv huquqi huquq tizimining sohasi sifatida suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquq tizimining quyidagi umumiy ahamiyatdagi tamoyillaridan foydalaniladi;
-qonuniylik;
-ijtimoiy adolat;
-oshkoralik;
-ishontirish va majburlov choralirining qo‘llanilishi;
-shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.
Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning maxsus tamoyillari davlat va huquqning umumiy tamoyillariga asoslangan holda olib boriladi. Suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida ushbu sohadagi umumiy va maxsus tamoyillar belgilanmagan. Biz o‘ylaymizki, O‘zbekiston Respublikasining yangi suv qonunchiligi maxsus tamoyillarni o‘z ichiga olishi o‘z navbatida suvga doir davlat siyosatini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning maxsus tamoyillari quyidagilardan iborat:
-atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash;
-aholining suvga bo‘lgan huquqlarini kafolatlash;
-suv resurslaridan umumiy foydalanganlik uchun haq olinmasligi;
-suv resurslaridan maxsus foydalanganlik uchun haq olinishi;
-suvga nisbatan davlat mulkining qo‘llanilishi;
-suvga doir munosabatlarni boshqarishda havza tamoyilining qo‘llanilishi;
-suvlarni muhofaza qilish va tejab foydalanganlik uchun rag‘batlantirish choralarining belgilanishi;
-suvga yetkazilgan zararni qoplash va undirishning majburiyligi;
-suv kadastrini yuritishning majburiyligi va boshqalar.
Ushbu maxsus tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasida suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish jarayoni ta’minlanadi va kafolatlanadi.
Suv huquqi o‘z predmeti, yo‘nalishlari, maqsad va vazifalarga ega bo‘lgani kabi o‘z usullariga ham ega bo‘lib, suvga doir munosabatlarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va mansabdor shaxslar tomonidan tartibga solish shakllari belgilanadi.
Suv huquqida asosan quyidagi usullar qo‘llaniladi:
1) Ekologiyalashtirish;
2) Ma’muriy-huquqiy;
3) Fuqaroviy-huquqiy;
Ekologiyalashtirish usuli-suvlarni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish jarayoniga jamiyat hayotining barcha jabhalari, xalq xo‘jaligining turli sohalarini jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquqiy usul – davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo‘lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi.
Suv huquqida mazkur usul keng qo‘llanilib, suvlarni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish jarayonini ta’minlovchi qoida-talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekologik qoida talablarga amal qilinishini nazorat qilish, ushbu qoida talablar buzilgan taqdirda javobgarlik chora tadbirlarini qo‘llashda katta ahamiyatga egadir.
Fuqaroviy huquqiy usul suv huquqida tabora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita suv huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining tengligi, moddiy rag‘batlantirish, suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishda iqtisodiy chora tadbirlarning qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi.
Ekologiyalashtirish, ma’muriy huquqiy, fuqarolik huquqiy usullar orqali suv huquqiy munosabatlari tartibga solinadi.
Suv huquqiy munosabatlar murakkab tizimga ega bo‘lib, ularni o‘rganishni oson bo‘lishi uchun shartli ravishda ma’lum qismlarga bo‘linadi.
Suv huquqini tizimi deganda, ushbu fan tomonidan qamrab olinadigan asosiy tushuncha, kategoriya, institutlar va nazariy huquqiy masalalarning ma’lum tartibda joylashishi tushuniladi.
Shuning uchun suv huquqiga oid huquqiy masalalarni umumiylikdan aniqlikka qarab, bir-birini to‘ldirish va o‘rganishni oson bo‘lishi nuqtai nazardan qo‘yidagi qismlarga bo‘lamiz:
1. Umumiy qism.
2. Alohida qism
3. Maxsus qism.
Umumiy qism qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
-suv huquqini predmeti va tizimi;
-suvning huquqiy munosabatlari;
-suv huquqining manbalari;
-suvga doir davlat boshqaruvi;
-suvga nisbatan mulk huquqi;
- suvni huquqiy muhofaza qilish;
- suvdan foydalanish huquqi;
-suv qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik .
Ushbu qismga suvga doir munosabatlarni tartibga solish mexanizmining tarkibiy qismlari va huquqiy-tashkiliy masalalar kiradi.
Suv huquqining alohida qismi qo‘yidagilardan iborat:
-Suvdan ijtimoiy maishiy va sog‘lamlashtirish maqsadlarida foydalanish huquqi;
- suvdan qishloq xujalik maqsadida foydalanish huquqi;
- suvdan sanoat maqsadlari va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi;
- suvdan baliqchilik va ovchilik xujaligi ehtiyojlari uchun foydalanishi huquqi;
- suv omborlari, gidrouzellar va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish huquqi.
Suv huquqining maxsus qismida xorijiy mamlakatlarning suv huquqi va halqaro suv huquqi masalalari o‘rin egallaydi.
Har bir fan shu jumladan suv huquqining tizimi tartibga solinayotgan munosabatlarning mazmun mohiyati aslida uni tahlil qilish, o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling