«yurisprudensiya»


Suv huquqi munosabatlarining subyektlari


Download 1.39 Mb.
bet7/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

6. Suv huquqi munosabatlarining subyektlari
Huquq subyekti deganda, huquq normalari asosida subyektiv huquq va majburiyatlar egasi sifatida harakat etish qobiliyatiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tushuniladi. Shaxsning huquqiy munosabat subyekti bo‘lish layoqati huquqda huquqdorlik orqali ochib beriladi. Huquqdorlik ikkita asosiy jihatni o‘z ichiga oladi. Bular:
1) huquqqa ega bo‘lish va majburiyatlarni bajarish layoqati
(huquq layoqati )
2) huquq va majburiyatlarni mustaqil amalga oshirish layoqati (muomila layoqati).
Suv huquqi munosabatlarining subyektlari bo‘lib,fuqarolar (jismoniy shaxslar), yuridik shaxslar, suvni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari hisoblanadi.
Fuqarolar suv huquqiy munosabatlarining subyekti sifatida suvga nisbatan huquq layoqatini ikki yo‘l bilan amalga oshirishlari mumkin. Birinchidan, ular qonunda belgilangan tartibda suvdan foydalanuvchilar bo‘lishlari mumkin. Buning uchun ular suvdan foydalanish huquqi to‘g‘risida maxsus ruxsatnoma olishlari lozim. Ikkinchidan, fuqarolar suv huquqi munosabatlarining suvdan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi maxsus ruxsatnomasisiz ham ishtirokchisi (subyekti) bo‘lishi mumkin. Bunga misol tariqasida «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuning 28-moddasini ko‘rsatish mumkin. Unga ko‘ra, fuqarolar o‘z ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda suvdan umumiy foydalanish huquqiga egadirlar.
Yuridik shaxslar suv haqiqi munosabatlarining alohida guruh sub’-yektlari hisoblanadi. Bunday subyektlarga korxona, muassasa, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer xo‘jaliklari kiradi.
Suvdan foydalanish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlariga hokimiyat vakolati berilgan suv munosabatlari subyektlari guruhi kiradi. Shunday organlarga, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kiradi. Navbatdagi davlat organi bu — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
Yuqorida nomlari aytilgan davlat organlaridan tashqari, suv huquqiy munosabatlarining subyektlari sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishtirok etadilar. Ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida»gi, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, qonunlar bilan belgilanadi.
Davlat suv huquqi munosabatlarida bosh subyekt sifatida harakat qiladi. Davlat suv huquqi munosabatlari subyektlari ichida muhim mavqeni egallaydi. U birinchidan, suvga nisbatan davlat mulk huquqining subyekti sifatida; ikkinchidan, bevosita yoki o‘zining vakolatli organlari timsolida suv huquqi munosabatlarning ishtirokchisi hisoblanadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling