«yurisprudensiya»


Suv huquqi munosabatlari tushunchasi, xususiyatlari va tasnifi


Download 1.39 Mb.
bet5/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4. Suv huquqi munosabatlari tushunchasi, xususiyatlari va tasnifi
Hammamizga ma’lumki, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo‘lib, ular jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ahamiyatga ega ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Ushbu sohadagi ijtimoiy-ekologik munosabatlar o‘z navbatida qo‘yidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:
- yerga oid munosabatlar;
- suv huquqi munosabatlari;
- yer osti huquqi munosabatlari;
- o‘rmon-huquqi munosabatlari;
- hayvonot dunyosiga oid ijtimoiy munosabatlar;
- atmosfera havosiga oid ijtimoiy munosabatlar.
Ekologik ahamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimida suv bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatning suvga bo‘lgan turli ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, jamiyat tizimidagi har qanday ijtimoiy munosabat turli doira va shakllarda huquq normalari tomonidan tartibga solinib, suv huquqi munosabatlarini tashkil etadi.
Suv huquqi munosabatlari haqida fikr yuritishdan oldin, huquqiy munosabat va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tish lozim.
Davlat va huquq nazariyasiga asosan, huquqiy munosabat- o‘zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar (ya’ni huquq sohiblari) o‘rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir.
Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi:
- huquqiy munosabat-ijtimoiy tusdagi munosabat;
- huquqiy munosabat-huquq normalarining insonlar hulq-atvoriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabatlar;
- huquqiy munosabat-kishilarning o‘zaro subyektiv huquqlari va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir;
- huquqiy munosabat-irodaviy munosabatdir;
- huquqiy munosabat-davlat tomonidan qo‘riqladanigan munosa-batlardir va boshqalar .
Ushbu nazariy huquqiy belgilarga asoslangan holda suvlarni mahofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Suv huquqiy munosabatlar deb, vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar o‘rtasida suvlarni muhofaza qilish va suvlardan oqilona foydalanish jarayonida paydo bo‘ladigan huquq, majburiyat va huquqiy oqibatlarni yig‘indisidir.
Boshqa huquqiy munosabatlar singari suvga doir yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida paydo bo‘ladigan subyektiv huquq, majburiyatlar davlat tomonidan himoya qilinadi.
Suv huquqiy munosabatlarining mazmun-mohiyati va ularning davlat tomonidan kafolatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (55-modda) va suv qonunchilik hujjatlarida belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 1-moddasida ushbu qonunning asosiy vazifasi suvga doir munosabatlarni tartibga solish, aholi va halq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishdan, suvni bulg‘anish, ifloslash va kamayib ketishdan saqlashdan, suvning zararli ta’sirini oldini olish va uni bartaraf qilishdan, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishdan iboratdir, deb belgilangan. Suvga doir ijtimoiy munosabatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa turdagi munosabatlardan qo‘yidagi tabiiy va huquqiy jihatlari bilan ajralib turadi:
1. Suv tabiatning ajralmas tarkibiy qismi sifatida tabiiy qonuniyatlar asosida vujudga keladi;
2. Suv resurslarining holati tabiiy faktlar va antropogen (odamlar tomonidan) ta’sirlar natijasida sifat va son jihatdan o‘zgaradi;
3. Suvlarning tabiiy holatiga qarab qonunchilik xujjatlarining ta-lablari moslashadi va o‘zgarib turadi;
4. Suvga nisbatan faqat davlatning egalik qilish huquqini joriy eti-ladi;
5. Suv resusrslaridan foydalanishda umumiy va maxsus, birgalikda va tanho, birlamchi va ikkilamchi foydalanish kabi murakkab tur va shaklllari joriy etiladi;
6. Suv resurslaridan foydalanishni boshqarishda ma’muriy-huquqiy emas, balki havza tamoyiliga amal qilinadi;
7. Davlatlararo suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishda davlatlararo, mintaqaviy va halqaro tamoyillarning amal qiladi va boshqalar.
Ushbu huquqiy jihatlar suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga solishga xizmat qiladi.
Suv huquqi munosabatlari murakkab tizimga ega bo‘lib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Suvga nisbatan mulkiy ahamiyatdagi huquqiy munosabatlar-egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqi.
2. Suvlarni muhofaza qilish va foydalanish yuzasidan davlat boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlar-umumiy va maxsus vakolatli davlat organlarining suv qonunchiligini qabul qilish, ijrosini ta’minlash, foydalanish va muhofaza qilish jarayonini tashkil etish yuzasidan vakolatlari.
3. Suvdan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar-suvdan umumiy va maxsus foydalanish, birgalikda va tanho foydalanish, birlamchi va ikkilamchi foydalanish, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar.
4. Suvlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar – suvni muhofaza qilish tadbirlari, shartlari, suvlarni ifloslanishining oldini olish, suv muhofaza tegralari, yer osti suvlarini muhofaza qilish va boshqalar.
5. Suv qonunchiligi qoida talablarini buzilishi natijasida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar-suv qonunchiligining buzilishi, inti-zomiy, ma’muriy, jinoiy javobgarlik, yetkazilgan zararni qoplash, suvga doir nizolarni hal qilish, iqtisodiy rag‘batlantirish va boshqalar.
Bir so‘z bilan aytganda, suv qonunchiligi talablari asosida yuqoridagi tasnifdagi yo‘nalishlarda paydo bo‘ladigan huquqiy munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun ham suv huquqiy munobatlari tushunchasi, o‘ziga xos xussusiyatlari va tasnifini o‘rganish o‘z navbatida suvlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonini samarali tartibga solishga xizmat qiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling