«yurisprudensiya»


Suv huquqining boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liqligi


Download 1.39 Mb.
bet4/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. Suv huquqining boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liqligi
Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish jarayoni suv huquqining predmetini tashkil etadi.
Suv huquqi huquq tizimining mustaqil sohasi sifatida suv huquqiy munosabatlarini tartibga solish va atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Suv huquqi huquq tizimining sohasi sifatida qo‘yidagi muhim huquqiy toifa va institutlarni o‘z ichiga oladi:
-suvga doir mustaqil ijtimoiy munosabatlarning mavjudligi;
-suvga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan suv qonunchiligi tizimi;
-davlat suv fondini boshqaruvchi umumiy va maxsus vakolatli organlarning mavjudligi;
-suvdan foydalanish huquqiga ega subyektlarning huquq va majburiyatlarining paydo bo‘lishi;
-suv qonunchiligi hujjatlarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik choralarining qo‘llanilishi va boshqalar.
Ushbu huquqiy elementlar huquq tizimining sohasi sifatida suv huquqini e’tirof etish uchun asos yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, suv-tabiatning ajralmas qismi, tabiiy resurslarning alohida turi, shuningdek huquqiy muhofaza va foydalanish jarayonining obyekti sifatida eng avvalo ekologiya huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ekologiya huquqi-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholini ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solinishini o‘rganuvchi keng qamrovli, turkum huquq sohasi hisoblanadi. Ekologiya huquqi – atrof tabiiy muhitning o‘zaro chambarchas bog‘liq yer, suv, yer osti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi kabi muhim obyektlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni huquqiy tartibga solishda tabiiy qonuniyatlar va ekologik tizimning yaxlitligiga asoslanadi.
Shuning uchun ham suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilishning huquqiy jarayoni bevosita yer huquqi, tog‘ kon huquqi, o‘rmon huquqi kabi huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liq holda olib borilib, ekologik huquqiy munosabatlarning mazmun mohiyatini tashkil etadi. Suv huquqi o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan, shuningdek bugungi kunda keng qamrovli ekologik huquqiy fanlarning ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Suv huquqi huquq tizimidagi boshqa huquq sohalari bilan bog‘liq bo‘lib, suv huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Suv huquqiy munosabatlarini tartibga solishda Konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, jinoiy va xo‘jalik huquqi sohalarining tamoyil, qoida va talablari ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida suvdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq umumiy va maxsus tamoyil, qoida-talablar belgilangan bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rinadi:
-suvga doir davlat hokimiyati va boshqa davlat organlarining vakolatlari;
-huquqni muhofaza qilish organlarining suv huquqiy tartibotni mustahkamlashdagi vazifalari;
-fuqarolarning majburiyatlari;
-mulkdorlarning ekologik burchlari;
-suvga doir davlat siyosatining asosiy tamoyillarini belgilanishi shu va boshqalar.
Ushbu muhim yo‘nalashlarda suv huquqi konstitutsiyaviy huquq bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Ma’muriy huquq bilan suv huquqi asosan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:
-davlat suv fondini boshqarishda umumiy va maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining faoliyati yo‘nalishlari;
-suv qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy huquqiy javobgarlik choralarini qo‘llashda va boshqalar.
Suv huquqi fuqarolik huquqi bilan juda chambarchas bog‘liq bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:
-suvga nisbatan mulkchilik munosabatlarini tartibga solishda;
-suv muhim tabiiy resurs sifatida xo‘jalik va ishlab chiqarish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilashda;
-suvga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq moddiy javobgarlik choralarini qo‘llash jarayonida va boshqalar.
Ayniqsa qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirishda agrosanoat sohasida paydo bo‘ladigan murakkab mulkiy, xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonida fuqarolik huquqiy tamoyil va qoida talablar keng qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, jinoyat huquqi bilan ham bog‘liq bo‘lib, suvdan foydalanish va muhofaza qilish qoida talablari jismoniy va mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy qilmishi yuzasidan jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llash va suv huquqiy munosabatlarini kafolatlashda muhim ahamiyatga egadir.
Demak, suv huquqi o‘z yo‘nalish va xususiyatlariga ega bo‘lgan ekologik huquqiy munosabatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida huquq tizimida alohida o‘rin tutadi..

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling