«yurisprudensiya»


Suv huquqining konstitutsiyaviy asoslari


Download 1.39 Mb.
bet14/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv huquqining konstitutsiyaviy asoslari
Barcha huquq soxalari kabi suv huquqining ham asosiy manbasi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy soxalaridagi asoslari mustaxkamlangan bo‘lib, suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat-huquqiy mexanizmini shakllantirishda muxim ahamiyatga egadir.
Suv huquqining konstitutsiyaviy qoida-talablarini quyidagi kismlarga bo‘lib, o‘rganishimiz mumkin:
- umumiy ahamiyatdagi tamoyil va qoida-talablar;
-maxsus ekologik tamoyil va qoida-talablar.
Konstitutsiyamizda suv resurslarini muhofaza qilish ulardan oqilona foydalanish jarayonining ijtimoiy-siyosiy ,iktisodiy va madaniy-ma’rifiy soxalardagi umumiy ahamiyat kasb etuvchi, davlat mexanizmini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan tamoyil va qoida-talablar mavjud. Asosiy qonunimizning davlat suvereniteti, xalk xokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi, jamiyatning iktisodiy negizlari, davlat xokimiyatining tashkil etilishiga bag‘ishlangan kabi boblarida mustahkamlangan qoida-talablar suvga oid davlat siyosatini oqilona olib borilishini kafolatlashga xizmat qiladi.
Xususan, «Davlat xokimiyatinining tashqil etilishi»-deb nomlangan bobning 78-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi mutloq vakolatlari belgilangan bo‘lib, shu jumladan suvga doir quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:
-suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq qonunlar kabul qilish va ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;
-suv bilan bog‘liq davlat dasturlarini kabul qilish;
-davlat budjetini kabul qilishda suvga doir moliyaviy resurslarni ajratilishini ta’minlash;
-suvdan foydalanganlik uchun solik va boshqa tulovlarni joriy etish;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining suvga oid maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiklash va boshqalar.
Asosiy qonunimizning 50,54,55,va100 moddalarida suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq maxsus ekologik huquqiy qoida-talablarning mustaxkamlanishi konstitutsiyamizning ekologik funksiyasini namoyon etadi.
Konstitutsiyamizning 50-modsasida «fukarolar atrof tabiiy muhitga extiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar»-deb belgilangan bo‘lib, respublikamiz fuqarolarining tabiatga suv resurslaridan faqat oqilona foydalanish bilan bog‘liq ekologik-huquqiy majburiyatlarini konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi.
«Jamiyatning iktisodiy negizlari» deb nomlangan bobning 54-moddasida «mulkdor mulkiga o‘z xoxishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart»-deb belgilangan.
Ushbu moddada birinchidan, mulk huquqining mazmuni e’tirof etilsa, ikkinchidan, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xujalik va ishlab chikarish jarayonida ekologik muhitga ziyon yetkazmasligi, ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustaxkamlanadi.
Asosiy qonunimizning 55-moddasida «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir – deb ifodalangan.
Mazkur konstitutsiyaviy qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, davlat mustaqilligimizning moddiy asosini tashqil etuvchi tabiiy boyliklar xalkimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan shuningdek suv resurslaridan, fakat oqilona foydalanishning zarurligi, uchinchidan, respublikamiz suv jamg‘armasining davlat muhofazasiga olinganligi, ya’ni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi.
«Maxalliy davlat xokimiyati asoslari» deb nomlangan bobning 100-moddasida «atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish»ning asossiy vakolati belgilangan. Ushbu qoidaning ahamiyati shundaki, viloyat, tuman va shaxar xokimiyati organlarining o‘z ma’muriy xududlarida suv resurslarini muxofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ma’suliyatini konstitutsiya darajasida e’tirof etadi.
Konstitutsiyada belgilangan asosiy tamoyilda - talablar asosida suvlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanishning maxsus huquqiy qoidalarini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasiining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maxkamasining farmon va qarorlari, maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda maxalliy davlat xokimiyat organlarining me’yoriy xujjatlari kabul qilinadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling