«yurisprudensiya»


Qonun osti me’yoriy hujjatlarida suv huquqiy munosabatlarini tartibga solishda tutgan o‘rni


Download 1.39 Mb.
bet16/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4. Qonun osti me’yoriy hujjatlarida suv huquqiy munosabatlarini tartibga solishda tutgan o‘rni
Suv huquqining manbalari tizimida qonunosti me’yoriy xujjatlarning tutgan urni beqiyosdir. Hammamizga ma’lumki ,konstitutsiyaviy tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanishning umumiy va maxsus qoida-talablari belgilanadi, mavjud suv huquqi munosabatlari tartibga solinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu sohadagi ijtimoiy munosabatlar doimo o‘zgaruvchan va rivojlanib turadigan tabiat-jamiyat tizimida paydo bo‘ladi. Suv resurslariga bio-ekologik va antropogen ta’sirlar natijasida ularning xolati doim o‘zgarib turadi. Mana shunday sharoitda amaldagi suv qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi juda muximdir. Ushbu tabiiy omillarni yuzasidan qonunlarimizga muntazam ravishda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishning iloji yuq. Suv resurslarining tabiiy-ekologik xususiyatlari hamda maxalliy-xududiy sharoit va xususiyatlarni e’tiborga olgan holda qonun osti me’yoriy xujjatlari qabul qilinadi.
Demak qonun osti me’yoriy xujjatlarning asosiy maqsadi va vazifasi birinchidan, konstitutsiyaviy tamoyillar va qonunlarda belgilangan maxsus qoida-talablarni amalda qo‘llanishini osonlashtirish, ikkinchidan, turli ma’muriy xududlar suv xavzalarining tabiiy holati asosida me’yoriy qoida-talablarni belgilash, uchinchidan, suvlarni muhoaza qilish va foydalanish bilan bog‘liq maxsus qoida-talablarni barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tezkor yetkazish orqali ularning hayotiyligini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu soxadagi qonun osti me’yoriy xujjatlari ham murakkab tizimga ega bo‘lib, qo‘llanilish tartibi, muddati, ekologik me’yorlar doirasi hamda markaziy va maxsus davlat boshqaruv organlari, maxalliy davlat xokimiyat organlari tomonidan qabul qilish ahamiyatiga ko‘ra qo‘yidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlari;
-Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining me’yoriy xujjatlari;
-Mahalliy davlat xokimiyat organlarining me’yoriy xujjatlari.
Ushbu soxadagi qonun osti me’yoriy xujjatlari tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Maxkamasi kororlarining ahamiyati beqiyos bo‘lib, amaldagi qonun xujjatlari asosida qabul qilinadi hamda suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq qoida-talablarni belgilaydi va belgilangan doirada umum majburiy ahamiyat kasb etadi.
Xususan,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil, 26 noyabrdagi 419-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risida»gi Nizomi tasdiqlangan bo‘lib, respublikamizda suvlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi sifatida huquqiy maqomini belgilaydi. Ushbu qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasining qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suvlardan oqilona foydalanish yuzasidan ilmiy-texnikaviy jixatdan asoslangan siyosatni olib borish, suvdan foydalanish huquqga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan limitlar doirasida suv bilan ta’minlashni tashkil etish,suv resurslarining xisobini va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatini olib boradi.
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv obyektlari, suv resurslari ,suv rejimi,sifati va undan foydalanish hamda suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chikish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 7 yanvar, 1998 yil 11-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar kumitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalari belgilab beriladi.
Bundan tashkari,yirik va alohida muxim suv xujaligi obyektlari xavfsiz ishlashini ta’minlash va ulardan foydalanishning samaradorligi ,ishochligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «1999-2005 yillar davrida yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari xafvsiz ishlashini va ulardan foydalanishning ishonchligini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil,20 avgust 398-sonli qarori kabul qililngan bo‘lib, u suv inshootlaridan foydalanishning xafvsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish jarayonini davlat tomonidan boshqarishda ma’muriy-hududiy tamoyil qo‘llanilib kelingan bo‘lib, suvga doir munosabatlarni tartibga solishni qiyinlashtirar edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003 yil 21 iyul 320-sonli qarori bilan ma’muriy-hududiy tamoyildan voz kechilib, irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza tamoyiliga o‘tish belgilandi. Ushbu qarorga muvofiq suvlarni davlat tomonidan boshqarishning havza tamoyiliga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv xo‘jaligi Bosh boshqarmasi va uning irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tashkil etildi.
Ushbu sohadagi farmon va qarorlar qoida-talablari belgilangan doirada vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxona, tashqilot, muassasalar va jismoniy shaxslar uchun me’yoriy ahamiyat kasb etadi.
Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari xisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davldat kumitasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kabi organlari o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy xujjatlarni qabul qilib, suv-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muxim ahamiyatga egadir.
Suv qonunchiligi xujjatlari tizimida maxalliy davlat xokimiyati organlarining me’yoriy xujjatlari xar bir viloyat, shaxar, tuman xududida suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq qoida-talablarni belgilaydi.
Ayniksa, maxalliy davlat xokimyat organlarining suv resurslarini muhofaza qilish, suvlardan unumli foydalanishni tashkil etish, suvlardan belgilangan limitlar buyicha foydalanishning hisobini yuritish, suvlardan foydalanganlik uchun mahalliy soliq-to‘lovlarni bilan bog‘liq qarorlari ushbu xududdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun umum majburiy ahamiyat kasb etadi.
Demak, qonun osti me’yoriy xujjatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, konstitutsiya va qonun xujjatlari qoida-talablarini qo‘llanilishi va hayotiyligini ta’minlashga xizmat qiladi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling