«yurisprudensiya»


Suvga nisbatan mulk huquqining obyektlari va subyektlari


Download 1.39 Mb.
bet18/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suvga nisbatan mulk huquqining obyektlari va subyektlari
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy va ommaviy mulk shaklida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasida suvlar boshqa tabiiy resurslar kabi davlat-ommaviy mulki deb tan olingan. Shu bilan birga, mazkur moddada suv respublika mulki obyektlari sifatida ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham suvga nisbatan mulk huquqining subyekti davlatdir. Fuqarolik kodeksining 214-moddasi ikkinchi qismiga asosan respublika mulki bo‘lgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ularning maxsus vakili hisoblangan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa tasarruf qiladilar. Demak, suvga nisbatan mulk huquqini subyekti bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi hisoblanadi.
Suv fondini davlat nomidan tasarruf etishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli organlar amalga oshiradilar. Mazkur organlarning suv fondini tasarruf etish bo‘yicha vakolatlari «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 5-7-moddalarida belgilangan.
Suvga nisbatan mulk huquqining obyekti bo‘lib, suv fondi hisoblanadi. O‘zbekiston hududidagi barcha suv obyektlari foydalanish huquqi asosida, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligidan qat’i nazar, suv fondini tashkil etadi.
Yagona davlat suv fondiga «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha suv boyliklari – daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va havzalarning suvlari, yer osti suvlari va muzliklar kiradi.
3. Suvga nisbatan mulk huquqining mazmuni
Mulk huquqi keng ma’nodagi ashyoviy huquq bo‘lib, huquq egasi, ya’ni mulkdorlarga o‘ziga tegishli mulklardan foydalanish mazmuni va yo‘nalishini faqat o‘zi belgilash hamda ular ustidan to‘liq xo‘jalik hokimiyatini amalga oshirish huquqini beradi. Ushbu qoida mol-mulkka taalluqli bo‘lib, suvga nisbatan mulkdorning huquqlari o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Eng avvalo suvning tabiiy resursligi, ularning miqdori cheklanganligi, ulardan foydalanish hamda muhofazasi bilan belgilanadi.
Mulkdorning qonuniy huquqlarini uchlik sifatida, ya’ni egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf qilishga ajratish an’anaviy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 164-moddasiga asosan suvga nisbatan mulk huquqining mazmunini mulkdorlarning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari tashkil etadi.
Mulkdor o‘z mulkini tasarruf qilishga, (mulkning yuridik taqdirini belgilashga, sotishga, foydalanishga berishga), unga egalik qilishga, undan foydalanishga, ya’ni foyda undirishga (umumiy qoidaga ko‘ra faqat mulkdorgina o‘zida mavjud bo‘lgan mulklardan mevalar, mahsulotlar va foyda oladi) haqlidir. Suvga nisbatan mulkdorning tasarruf etish huquqi ushbu mulkni davlat boshqaruvi orqali amalga oshiradi.
Shu bilan birga, tabiiy resurslar, shu jumladan, suv davlat mulki bo‘lganligi uchun mulkdorning huquqlarini amalga oshirish ma’lum bir xususiyatlarga ega.
Birinchidan, suv resurslariga mulk huquqining mazmuni ham fuqaroliq huquqi normalari ham suv huquqi normalari bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, suv fondi yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lishidan qat’i nazar, davlat mulki hisoblanadi, ya’ni davlatning egaligi saqlanib qolinadi.
Uchinchidan, davlat suv fondidan bevosita foydalanishni amalga oshirmaydi, ulardan foydalanish huquqining tartibi va shartlarini belgilaydi. Suvdan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Shunday foydalanish uchun davlat o‘rnatilgan to‘lovlarni davlat foydasiga undiradi.
To‘rtinchidan, aksariyat hollarda suv fondini tasarruf etish natijasida davlat egalik huquqini yo‘qotmaydi va bu tasarruf etish, foydalanish va muhofaza etishni tashkil qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Beshinchidan, davlat suv fondini tasarruf etish huquqini davlat organlari orqali amalga oshiradi. Jumladan, vakolatli davlat organlari suv resurslarini foydalanishga beradilar, foydalanuvchilardan qaytarib oladilar va foydalanish maqsadlarini belgilaydilar.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling