«yurisprudensiya»


-mavzu SUV FONDIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI


Download 1.39 Mb.
bet19/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

5-mavzu SUV FONDIDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI
Reja:
1. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
2. Suvdan fondidan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlari tizimi
3. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining vaqolatlari


1. Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvining umumiy tavsifi
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan suvni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi davlatning ekologik vakolati va ekologik siyosatini amalga oshirishning yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu boshqaruvni tashkil etish asosida atrof-muhitni yaxshilash, suvlarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadlari turadi.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat suv fondining mulkdori sifatida ulardan foydalanishni tashkil etish maqsadida suvni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi deganda vakolatli davlat organlarining suvdan foydalanish va ularni muhofaza etish bo‘yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va davlat organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy ko‘rsatmalar ko‘p marta qo‘llanadigan, ya’ni ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda belgilanadigan yoki bir bor qo‘llanadigan, ya’ni ma’lum bir yoki bir necha subyektga taalluqli ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.
Bir marta qo‘llaniladigan majburiy ko‘rsatmalarga huquqbuzarlikni to‘xtatish, uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha nazorat qiluvchi organlarning taqdimnomalarini kiritish mumkin.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyati suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan:
- boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, ya’ni davlat boshqaruv organlarining suv munosabatlarini tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi;
- tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya’ni suv munosabatlarini tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham suvdan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta’minlanishiga qaratiladi.
- suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalarini hal qilishda kompleks yondashishga, ya’ni suvdan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va atrof muhitni muhofaza etish bilan bir qatorda respublika xalq xo‘jaligi va aholini suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash;
- suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda suvdan foydalanish va nazorat qilishni ajratish, ya’ni shu sohasida suvdan bevosita foydalanuvchilarning nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lmasligida, ifodalanadi.
Suv fondidan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi ma’lum bir shakllarda va uslublarda amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo‘lib, bo‘larga huquq ijod qilish, ijro etish uni muhofaza qilish faoliyati kiradi. Ijro organlari huquq ijod qilish yo‘li bilan qabul qilgan me’yoriy hujjatlarida qonunlarda belgilangan qoidalarni yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosabatlarni batafsil tartibga soluvchi me’yorlarni belgilaydi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy faoliyati hisoblanadi. Masalan, suvni joyida ajratib berish, suvdan foydalanish va muhofaza qilish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish va hokazo.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlari huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortish masalasi huquqni muhofaza qilish organlari yoki ular ishlaydigan tashkilotning ma’muriyatiga qo‘yiladi. Agar ekologik nazorat organlari ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo‘lsalar, ushbu masalani hal qiladilar, sud organlarida suv fondiga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha da’vo arizalari qo‘zg‘atadilar, suvdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Suv munosabatlarini tartibga solishda davlat boshqaruv organlari boshqarish uslublarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar subyektlariga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy ko‘rsatmalar berish kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan suvdan foydalanishni tashkil etishda qo‘llaniladi. Suvdan foydalanish limitlangan foydalanish talabiga asosan tashkil etiladi. Shunday foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi 385-sonli «O‘zbekiston Respublikasida limitlangan suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qarori bilan tartibga solinadi.
Rozilik berish (sanksiyalash) uslubi deb, davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlagan me’yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Rozilik berish usuli suv obyektlariga oqova suvlarni tashlash uchun yuridik shaxslar ishlab chiqqan oqova suvlardagi ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan me’yorlarini tasdiqlashi bilan amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida boshqaruvda taqiqlash uslubi suv fondini muhofaza qilishni tashkil etishda keng qo‘llaniladi va suvdan foydalanishda ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash bilan etishda ifodalanadi. Masalan, suv muhofaza zonalarida daraxt va butazorlarni kesish va boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari suv munosabatlar subyektlariga nisbatan majburiy hisoblanadi. Ammo majburiy ko‘rsatmalar berish uslubi ushbu davlat organlarining faoliyatida asosan suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladi. Masalan, nazoratni amalga oshiruvchi organlar huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga ushbu huquqbuzarlik oqibatlarini, ularni sodir etish sabablarini va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berishga haqlidirlar.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq, ma’lum vakolatlarni amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar quyidagilardan iborat: suv fondini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni qabul qilish; suvning monitoringi, davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish; suvdan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish; suvni foydalanish uchun berish; suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirish; nizolarni hal qilish va hakozo.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling