«yurisprudensiya»


-mavzu SUVGA NISBATAN MULK HUQUQI


Download 1.39 Mb.
bet17/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4-mavzu SUVGA NISBATAN MULK HUQUQI
Reja:
1. Suvga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va uning xususiyatlari
2. Suvga nisbatan mulk huquqining ob'ektlari va sub'ektlari
3. Suvga nisbatan mulk huquqining mazmuni


1. Suvga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va uning xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir deb qayd etilgan. O‘zbekistonning Asosiy qonuni suvga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yo‘li bilan hal etgan.
O‘zbekiston Respublikasida suvga nisbatan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida, «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlarda belgilangan.
Mulk huquqi suv obyektlari kimga tegishliligini va mulkdorlarning ularga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Suvga nisbatan mulk huquqi unga egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida daryolar, ko‘llar va boshqa suv omborlari suv fondini tashkil etadi va qonun hujjatlariga muvofiq, davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq tabiiy resurslar respublika mulki hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 170-moddasi tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqini Fuqarolik kodeksi bilan birgalikda boshqa qonunlarda ham belgilanishini ko‘zda tutadi.
Suv fondiga nibatan mulkchilik masalasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida, «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasida, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida yoritilgan. Ushbu moddalarga asosan O‘zbekistonda suvlar faqat davlat mulki hisoblanadi.
Suv boyliklari inson tomonidan yaratilmasligi, ularning cheklangan miqdorda mavjudligini va eng asosiysi, insonning xo‘jalik va o‘zga faoliyati natijasida holatining o‘zgarishi, sifatining pasayishi suvlarning bebaholigi yoki bahosini mavjud emasligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida suv fondidan foydalanishning iqtisodiy asoslariga e’tibor kuchayadi. Suvning haqiqiy bahosini aniqlash murakkab, ammo bu uni iqtisodiy baholanishi va undan foydalanganlik uchun pul to‘lash lozimligini inkor etmaydi. Amaldagi qonunlarda ham bu holat ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 30-moddasiga muvofiq, suvdan foydalanish pullik asosida, ya’ni haq evaziga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 116-121-moddalariga muvofiq suvdan foydalanganligi uchun to‘lov soliq shaklida undiriladi.
Jamiyat ixtiyorida bo‘lgan tabiiy boyliklardan foydalanishda tabiiy shart-sharoitlar dunyo miqyosida saqlab qolinishi, qayta tiklanishi va yaxshilanishi lozim, zero, bu shart-sharoitlar odamlarning hozirgi va kelgusi avlodlari hayoti uchun maqbul bo‘lmog‘i shart. Shu maqsadda davlat mulkdor sifatida suv fondiga egalik qiladi, foydalanishni tashkil etadi va ularni tassaruf etadi.
Suvlarga nisbatan mulk huquqini hususiyati davlatlararo oqadigan suvlarning halqaro huquqiy maqomidan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining hududiga daryolardan oqib kelgan suvlar uning mulki hisoblanadi. Shu bilan birga, respublika hududidan oqib chiqib ketgan suvlar avtomatik tarzda O‘zbekiston Respublikasining mulk huquqi obyekti sifatini yo‘qotadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling