«yurisprudensiya»


-§ Davlat suv kadastrini yurituvchi davlat organlari va ularning funksiyalari


Download 1.39 Mb.
bet25/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4-§ Davlat suv kadastrini yurituvchi davlat organlari va ularning funksiyalari
Davlat suv kadastri ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan tegishli davlat ijroiya organlar tomonidan yuritiladi. quyidagi davlat ijroiya organlari davlat suv kadastrini yurituvchi maxsus davlat organlari hisoblanadilar. Yer usti suvlari bo‘limi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi, Yer osti suvlari bo‘limi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va Mineral resurslar qo‘mitasi, suvdan foydalanish bo‘limi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. Ushbu davlat organlarining suv kadastrini yuritishga doir funksiyalari O‘zbekiston Respublikasining «Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 34-43-bandlarida ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining Davlat suv ka-dastrini yuritish bo‘yicha funksiyalariga Davlat geologiya qo‘mitasi hamda qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsiplarini va ilmiy-uslubiy asoslarini, Davlat suv kadastrini yuritish, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va tashkil etish tartibini ishlab chiqish; Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtirish, yo‘naltirish va birlashtirish; Davlat geologiya qo‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining idoralararo normativ-texnik hujjatlarini (shu jumladan Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlari maketini), shuningdek, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun idoralararo loyiha xujjatlarini ishlab chiqish; Davlat geologiya ko‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan Suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, Davlat suv kadastri nashrlari maketini va Davlat suv kadastriga oid boshqa normativ-texnik hujjatlarni, shuningdek, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib olish; Davlat geologiya qo‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislarini jalb qilgan holda yer usti suvlari va yer osti suvlari hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ma tahlil qilishni, bog‘lashni va umumlashtirishni, Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlarini chiqarishga tayyorlash va nashr qilish; Davlat geologiya qo‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlash; “Yer usti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqish; ushbu bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish; yer usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqish; yer usti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish; axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqish; bo‘lim bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional va idoraviy kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirish; Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, bo‘lim bo‘yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish; yer usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berish; yer usti suvlari resurslarini joriy va istikbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarni baholash; Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon kilishga tayyorlash; o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish kabilar kiradi. Bundan tashqari, uning funksiyalari bo‘lib "Yer osti suvlari" va "Suvdan foydalanish" bo‘limlari bo‘yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan yer usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat geologiya qo‘mitasiga hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga berilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalariga “Yer osti suvlari” bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va uni yuritish; Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish; yer osti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqish; yer osti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, kayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish; axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqish; bo‘lim bo‘yicha Davlat so‘v kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirish; Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, bo‘lim bo‘yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish; yer osti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berish; yer osti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarni baholash; Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlash; o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish; rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish taalluqli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, "Yer osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya bosh boshqarmasiga takdim etadi. qo‘mita "Yer usti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining idoralararo qo‘shma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan yer osti suvlariga oid materiallarning Gidrometeorologiya bosh boshqarmasiga berilishini ta’minlaydi. "Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha esa u Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga berilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari “Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va uni yuritish; Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish; suvdan foydalanish to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish; axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqish; Suv kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyixalash, sinash, joriy etish va takomillashtirish; irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqish; suvdan foydalanuvchilar, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berish; suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholash xamda suv xo‘jaligi hisobot balanslarini tuzish; "Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha esa Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlash; o‘ziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, "Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya bosh boshqarmasiga taqdim etadi. Shuningdek, “Yer usti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining idoralararo qo‘shma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan suvdan foydalanishga oid materiallarni Gidrometeorologiya bosh boshqarmasiga berilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, vazirlik "Yer osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni Davlat geologiya ko‘mitasiga berilishini ta’minlash uchun mas’uldir.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling