«yurisprudensiya»


-§ Davlat suv kadastrining mazmuni


Download 1.39 Mb.
bet23/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2-§ Davlat suv kadastrining mazmuni
Davlat suv kadastrining mazmuni deganda Respublika hududida suv obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, suv resurslarining rejimi, foydalanish maqsadlari, miqdor, sifat va baho ko‘rsatkichlari, shuningdek suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi haqida ishonchli, zamonaviy va tejamli axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning texnologik jarayoni tushuniladi.
Davlat suv kadastrining mazmuni suv haqidagi ma’lumotlar qanday maqsadlarni ko‘zlab to‘planishi, qanday vazifalarni bajarishga hizmat qilishini qamrab oladi.
Davlat suv kadastri ma’lumotlari suvdan foydalanishni joriy hamda istiqbolli rejalashtirish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish; suvdan kompleks foydalanish va uni kompleks muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xo‘jaligi balansini tuzish; suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lga n suv xo‘jaligi, transport, sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirish; gidrologik va gidrogeologik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati o‘zgarishlarini prognozlash; suv xo‘jaligi tizimlari ishi samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish; suvni iste’mol qilish va chiqarib yuborishni, shuningdek, suv sifati ko‘rsatkichlarini normalashtirish; suvni zararli ta’sirining oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish; suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; suvdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish va boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun hizmat qiladi.
Davlat suv kadastrining mazmuni suv va suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha o‘rganadigan bo‘lsak ular quyidagi suv obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: bular: daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sug‘orishga xizmat kiluvchi kanallar; ko‘llar va suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar); gidrouzellar va suv omborlari; suv obyektlaridan suv olishga mo‘ljallangan inshootlar (kanallar, nasos kurilmalari, foydalanish kuduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv obyektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to‘planadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari va boshqalar.
Davlat suv kadastri ma’lumotlari belgilangan tartibda tegishli kadastr kitoblari va boshqa texnik vositalarda yozma ravishda yuritiladi. Davlat suv kadastri ma’lumotlari arxiv materiallari (daftarchalar, jadvallar, o‘zi yozadigan texnikaning lentalari va boshqalar); uzoq muddatli texnik manbalardagi ma’lumotlar; e’lon qilinadigan materiallar (suv va suv xo‘jaligi obyektlari kataloglari, har yilgi va ko‘p yillik ma’lumotlar va boshqalar)dan iborat bo‘ladi va uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Suv kadastri ma’lumotlari tarkibi" nomli normativ-texnik hujjatda o‘z ifodasini topadi. Davlat suv kadastri ma’lumotlari foydalanuvchilarga pulli nashrlar tarzida va so‘rov bo‘yicha (belgilangan tartibda) taqdim etiladi. Davlat suv kadastrining ma’lumotlari undan foydalanuvchilarga Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tomonidan Davlat geologiya ko‘mitasi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda "Suv kadastri axborotnomasi"ni nashr etish orqali taqdim etiladi.
Suv obyektlari turlari hamda suvdan foydalanishni o‘rganish vazifasi taqsimotiga muvofiq Davlat suv kadastri «yer usti suvlari», «yer osti suvlari», «suvdan foydalanish» kabi bo‘limlarga bo‘linadi. Davlat suv kadastri suv obyektlarining soni va holatini hisobga olish hamda obyektlarning hajmi, holati, o‘rganilganlik darajasiga qarab kartografiya, gidrogeologiya va geodeziya usullari orqali amalga oshiriladi. Suv obyektlari holatini o‘rganish tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan standartlar asosida maxsus texnik asboblar yordamida olib boriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling