«yurisprudensiya»


Suv fondidan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlari tizimi


Download 1.39 Mb.
bet20/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv fondidan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi organlari tizimi
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlariga bo‘linadi.
Umumiy vakolatga ega bo‘lgan organlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir vaqtda suvdan foydalanish munosabatlarini tartibga solishga oid masalalarni ham hal qiladilar. Shuning uchun ham ular umumiy vakolatga ega bo‘lgan organlar deb nomlanadilar.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-moddasi), O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunining 9, 10, 11, 12, 20-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasida, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga:
-suv resurslaridan oqilona, kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida yagona siyosat o‘tkazish;
- suv resurslaridan kompleks foylanish va ularni muhofaza etishda vazirliklar, idoralar va yuridik shaxslarning faoliyatini uyg‘unlashtirish;
- suv fondi hosil qilish va undan foydalanish tartibini belgilash, suvdan foydalanishning me’yorlari va limitlarini tasdiqlash;
- suvlarning davlat tomonidan hisobga olib borilishini hamda suvdan foydalanishni nazorat qilish va ularning muhofaza etishni ta’minlash, davlat suv kadastri va suv monitoringini yuritish;
- yirik avariyalar, falokatlar, ekologiya tangligi va suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularga barham berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash, suv obyektlarini bulg‘atganlik va quritib quyganlik uchun haq undirish tartibini belgilash;
- davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish;
- qonunlarda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvida mahalliy davlat hokimiyat organlarining vakolatlari Konstitutsiyada (100-modda), O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida»gi qonunda (10, 24, 25-moddalari), «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunda (10-modda) O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida belgilangan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududlarida suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar:
- o‘z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
- suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta’minlash;
- suv obyektlari holati hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, suv iste’molining belgilangan limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;
- suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, bulg‘anishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish;
- qonunlarda nazarda tutilgan boshqa masalalrni tartibga solish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarini tartibga solish sohasiga quyidagilar kiradi, suv resurslaridan oqilona, kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida yagona siyosat o‘tkazish; suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza etishda vazirliklar, idoralar va yuridik shaxslarning faoliyatini uyg‘unlashtirish; suv fondi hosil qilish va undan foydalanish tartibini belgilash, suvdan foydalanishning me’yorlari va limitlarini tasdiqlash; suvlarning davlat tomonidan hisobga olib borilishini hamda suvdan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza etishni ta’minlash, davlat suv kadastri va monitoringini yuritish; yirik avariyalar, falokatlar, ekologiya tangligi va suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularga barham berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar miqdorini belgilash; davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish; o‘z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq tartibotni ta’minlash; suvlardan foydalanilish va ularning muhofaza qilinishi, suv iste’molining belgilangan limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilar hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish; suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek bug‘lanishning oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish; o‘z vakolati doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
Maxsus vakolatli davlat organlariga suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Gidrometerologiya markazi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi kiradi. Ularning faoliyati asosan suvga oid munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli maxsus vakolatli organlar deb nomlanadilar.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 26 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga (O‘zbekiston .Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996 yil., 5-6 son, 70-modda) muvofiq tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash, shu jumladan, suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quyidagi asosiy vakolatlarni amalga oshiradi:
-atrof-muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy usullarni keng qo‘llash, resurslarni tejaydigan, ekologiya sohasidagi fan-texnika yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;
-suvdan foydalanish yuzasidan respublika ekologik normativlar, qoida va standartlarni tasdiqlaydi;
-suvga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan loyihalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
-ekologik tashviqotni amalga oshiradi, ekologik ta’lim va tarbiyani tashkil etish hamda yuritishda qatnashadi;
-suvlarni oqilona foydalanmaganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan da’vo qo‘zg‘atadi;
-suvlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qoidalarga rioya etmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortadi, zarurat bo‘lganda huquqbuzarlik to‘g‘risidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi;
-tabiiy suv havzalaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan belgilangan hollarda va tartibda davlat nazoratini olib boradi va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va uning organlari (suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-sonli “O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradilar: suv resurslari balansini ishlab chiqadi, suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi; suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi amalga oshirilishini ta’minlaydi; suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va boshqa birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi; havza prinsipi asosida yer usti suv resurslari boshqarilishini amalga oshiradi; suv resurslaridan foydalanishda o‘zaro munosabatlarning bozor prinsiplarini va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi; magistral, xo‘jaliklararo kanallar va kollektorlar, suv omborlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlar va boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishini tashkil etadi; gidromelioratsiya tizimlaridan texnik foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtiradi; suv resurslari hisobini olib boradi va ulardan foydalanishini nazorat qiladi, “Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha davlat suv kadastrini yuritishda qatnashadi; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, sug‘orish va kollektor drenaj suvlari sifati ustidan monitoringni amalga oshiradi; suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi; transchegara suv resurslari va obyektlarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling