«yurisprudensiya»


-mavzu DAVLAT SUV KADASTRI


Download 1.39 Mb.
bet22/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

6-mavzu DAVLAT SUV KADASTRI
Reja:
1. Davlat suv kadastrinnig tushunchasi
2. Davlat suv kadastrining mazmuni
3. Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil etish tartibi
4. Davlat suv kadastrini yurituvchi davlat organlari va ularning funksiyalari


1-§ Davlat suv kadastrinnig tushunchasi.
Mamlakatimiz hududidagi suv boyliklaridan oqilona va tejamli foydalanishni ta’minlashda davlat suv kadastrini yuritish muhim ahamiyatga ega. Suv to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui suvdan rejali asosda foydalanishga hizmat qiladi. Davlat suv kadastriga oid munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni va Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 7 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi bilan tartibga solinadi.
Suv to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ushbu qonun va Nizomga binoan Davlat suv kadastri suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv xo‘jaligi tartibga solish, xo‘jalik faoliyatini, ekologik vaziyatni baholash maqsadida ishlab chiqiladi va yuritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi xisoblanadi.
Davlat suv kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin uning tushunchasi haqida tassavurga ega bo‘lish lozim.
Davlat suv kadastri deganda yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslarining rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lum tarzda tartibga solingan, doimiy to‘ldirib boriladigan va zarurat bo‘lganda aniqlashtiriladigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Ushbu ta’rifdan davlat suv kadastri suv resurslari va suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ekanligini, ya’ni suvning pasport hisoblanishini tushunish mumkin.
Davlat suv kadastri tushunchasi haqida gapirganda uning obyektlari va predmetini aniqlash lozim bo‘ladi. Davlat suv kadastrining obyekti bo‘lib yer usti va yer osti suv obyektlari va resurslari hisoblanadi. Davlat suv kadastrining predmeti bo‘lib suv resurslaridan miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanishni har tomonlama o‘rganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishni ro‘yxatdan o‘tkazish hisoblanadi.
Suv kadastrini yuritishda suv boyliklarini baholash muhim ahamiyatga ega. Suv resurslarini baholash deganda standart gidrometrik asboblar bilan o‘lchash orqali yil davomida, shuningdek uzoq yillar davomida suvlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda xisobga olish, olingan ma’lumotlarning ishonchliligini tahlil qilish hamda ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birliklari bo‘yicha umumlashtirish tushuniladi.
Davlat suv kadastrining asosiy maqsadi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarni suv obyektlari va suv resurslarining suv rejimi, sifati va undan foydalanish yo‘nalishlari, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘grisidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilishdan iboratdir.
Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi esa eng kam chiqimlar bilan zamonaviy darajada axborotlarni to‘plash, umumlashtirish, saklash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish yuli bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli axborotni olish va saqlashni tashkil etadi.
Davlat suv kadastrining tarkibiy qismlari suv obyektlari va suvdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, suv mikdori va sifatini hisobga olish, suv resurslarini va ulardan foydalanishni baholashdan iborat bo‘ladi.
Davlat suv kadastri tushunchasi haqida aniq tassavurga ega bo‘lish uchun kadastr yuritishning prinsiplariga (tamoyillariga) alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Davlat suv kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari bo‘lib respublikaning barcha suv obyektlarini qamrab olish; suv resurslarini va ulardan foydalanishni hisobga olishning yagona tizimini qo‘llash; boshlang‘ich kadastr axborotini qayta ishlash usulining yagonaligi; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini hisobga olish; Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarga markazlashtirilgan tartibda rahbarlik kilish; suv-kadastr axborotining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatlarga asoslanganligi; Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarning uzluksizligi; kadastrni yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyat ko‘rsatishi; suv kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarning tejamliligi; foydalanuvchilar doirasi cheklangan ma’lumotlarning maxfiyligi kabilar hisoblanadi. Ushbu tamoyillar davlat suv kadastrini to‘la, asosli, har tomonlama mukammal, ishonchli yuritishga yordam beradi
Davlat suv kadastri respublika suv obyektlari to‘g‘risidagi axborotni qayta tiklashning to‘liq turkumini tashkil etuvchi asosiy va joriy turlarni o‘z ichiga oladi.
Suv kadastri ma’lumotlari suv va suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling