«yurisprudensiya»


O‘zbekiston Respublikasi qonunlari suv huquqining maxsus manbasi sifatida


Download 1.39 Mb.
bet15/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari suv huquqining maxsus manbasi sifatida
Suv huquqining manbalari tizimida konunlar alohida o‘rinni egal-laydi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning umumiy tamoyillari va asosiy qoidalari belgilan qonunlarda ushbu konstitutsiyaviy normalar asosida maxsus ekologik talablar mustahkamlanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng suv bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan o‘nlab O‘zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilingan bo‘lib, suv huquqidagi tutgan o‘rniga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:
-umumiy axamiyatdagi qonunlar;
-maxsus qonunlar;
-muhofaza ahamiyatidagi qonunlar.
Umumiy ahamiyatdagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resusrlardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq tamoyil va qoida-talablarni belgilab, suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmida ham ishtirok etadi. Ushbu toifadagi qonunlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin;
-O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar to‘g‘risida»gi qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risi-da»gi qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidag»i qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa-lar.
Suv huquqida maxsus qonunlarning ahamiyati bekiyos bo‘lib, suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishga xizmat qiladi. Maxsus qonunlar quyidagilardan iborat:
-O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risi-da»gi qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi;
-O‘zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuni va boshqalar.
Ushbu qonunlarda respublikamizda suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish jarayonini tartibga solish qonunchiligining maqsadi, vazifasi, obyekt va subyektlari; suvlarning huquqiy holati; suvdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va erkinliklari; ushbu soxadagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari; suvlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning tartibi, muddati va talablari; suv monitoringi va nazorati; suv foydalanish huquqining paydo bo‘lish va bekor bo‘lish asoslari; suv resurslaridan axolining ichimlik va madaniy-maishiy extiyojlari qishloq, xo‘jaligida, sanoat va energetika maqsadlari, baliqchilik va ovchilik maqsadlari, suv transporti ehtiyojlari, suv omborlari, gidrouzellar va boshqa inshootlar ehtiyojlari kabi yo‘nalishlarda foydalanish qoida-talablari; suvdan foydalanishga doir nizolarini hal qilish; suv to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlari va boshqa masalalarning huquqiy holati belgilangan.
Shuning uchun ham ushbu qonunlar suv-huquqiy munosabatlarini bevosita tartibga solishga qaratilgan bo‘lib, suv huquqining maxsus manbasi xisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, suv- huquqiy munosabatlar davlat-ning barcha vosita va tadbirlari bilan konstitutsiya va qonunlarda belgilangan tartibda muhofaza qilinadi va kafolatlanadi.
Muhofaza ahamiyatdagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarning suv huquqida tutgan o‘rni beqiyos bo‘lib, quyidagilardan iboratdir:
-O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi»;
-O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»;
-O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat kodeksi»;
-O‘zbekiston Respublikasining «Fukarolik kodeksi».
Ushbu qonun hujjatlari suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoida-talablarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan buzilishining oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy, jinoiy va moddiy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solishda va kafolatlashda ahamiyati bekiyosdir.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling