«yurisprudensiya»


Sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonda suv qonunchiligining rivojlanishi


Download 1.39 Mb.
bet11/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonda suv qonunchiligining rivojlanishi
1917 yil oktyabr to‘ntarishidan keyin sovet hokimiyati o‘rnatilgan barcha hududlarda ijtimoiy–iqtisodiy tuzum tubdan o‘zgarib ketdi. Iqtisodiy tizim, xo‘jalik yuritish, ishlab chiqarish usuli, mulkiy munosabatlar, xususan, tabiat obyektlariga nisbatan bo‘lgan munosabatlar ham tamomila boshqacha mazmun kasb etdi. Yerga, yer osti boyliklariga, suv boyliklariga nisbatan xususiy mulkchilik butunlay bekor qilinib, ular davlat mulkiga aylantirildi.
1917 yil Oktyabr to‘ntarilishining birinchi kuniyoq “Yer to‘g‘risida” Dekret qabul qilindi. Unga ko‘ra yer va boshqa tabiiy resurslarga nisbatan davlat mulkchiligi o‘rnatildi.
1918 yilda qabul qilingan RSFSR Konstitutsiyasi insoniyat tarixiga asosiy ishlab chiqarish vositalari, jumladan tabiiy resurslarni ham majburiy milliylashtirish xujjati sifatida yozildi. Ushbu Konstitutsiyaning 3-moddasi “b” bandida barcha o‘rmonlar, yer osti botsliklari, suvlar, shuningdek barcha tirik va o‘lik inventarlar, qishloq ho‘jalik korxonalari milliy boy lik deb e’lon qilindi.
RSFSR Konstitutsiyasidan keyin 1918 yil 15 oktyabrda va 1920 yil 24 sentyabrda Turkiston avtonom sotsialistik respublikasi (TASSR) o‘z Konstitutsiyasini qabul qilib, o‘zida barcha tabiiy resurslarni milliylashtirishga qaratilgan huquqiy normalar 1918 yildagi RSFSR Konstitutsiyasidan shundayligicha ko‘chirib olindi. Chunki, Turkiston avtonom respublika sifatida RSFSR tarkibiga kirgan edi.
1923 yil 20 oktyabrda Xorazm Respublikasi, 1924 yil 19 oktyabrdagi Buxoro Respublikasining Konstitutsiyalarida barcha tabiiy resurslar, hususan suv ham umumhalq boyligi deb belgilandi.
1927 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tabiat boyliklari davlat mulki deb e’tirof etildi va faqat foydalanish uchungina beriladigan bo‘ldi. 1937 yilda va 1978 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyalarida ham suvga nisbatan davlat mulkchiligi saqlanib qolindi.
1929 yilda “O‘zbekiston ISHJning Yer-suv tuzugi ” qabul qilingan. Ushbu tuzuklarda yer munosabatlari shuningdek qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallangan suvlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni ham tartibga solishga asosiy e’tibor berildi. Unda belgilanishicha, suvga nisbatan davlat mulkchiligi o‘rnatilib, u foydalanish uchun beriladigan bo‘ldi.
1941 yil 24 martda “O‘zbekiston SSR qishloq ho‘jaligida Suvdan foydalanish to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilingan. Shubu qonunda asosiy e’tibor suvga nisbatan mulkchilik, suvdan foydalanish ustidan davlat boshqaruvi, suvdan foydalanish subyektlari, irrigatsiya-melioratsiya inshootlari va qurilmalari fondi, qirg‘oq muhofaza zonalari, Suvdan foydalanishni rejalashtirish, irrigatsiya-melioratsiya ishlarida Suvdan foydalanuvchilarning ishtiroki, irrigatsiya-melioratsiya inshootlari va qurilmalarni himoya qilish kabi masalalar tartibga solingan. qonunda O‘zbekiston hududidagi barcha yer osti va yer usti suv lari davlat mulki, ya’ni umumhalq boyligi ekanligi ta’kidlandi. (1 modda). Suvdan foydalanishni boshqarish suv ho‘jaligi organlari tomonidan amalga oshirildi. (4-modda). Shuningdek qonunda qirg‘oq polosalar, ularni muhofaza qilish, irrigatsiya inshootlarini barpo etishga bepul jalb etish asoslari va tartibi (52-modda) belgilab berildi.
1959 yil 19 noyabrda “O‘zbekiston SSRda tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. Shubu qonunda suv boyliklari boshqa tabiiy resurslar bilan muhofaza qilinishi lozimligi belgilangan (1-m.). qonunning 3-moddasida suvning bulg‘anishi va ifloslanishi yoki zararli ta’sir o‘tkazishining oldini oluvchi qurilmalar bilan ta’minlanmagan yangi va rekonstruksiya qilingan korxonalar, sexlar, agregatlar, kommunal va boshqa obyektlarni ishga tushurish man etilishligi ko‘rsatildi.
Shuningdek ushbu qonun bilan suv to‘planadigan inshootlarni qurmay turib zovur tizimini ishga tushurish mumkin emasligi, baliqlarni saqlab qolish qurilmalari bo‘lmagan suv olish inshootlarini ishga tushirishning man qilinishi, toshqin suvlarni va baliqlarni o‘tkazib yuboradigan qurilmalar tayyor bo‘lmagan gidrotexnika inshootlarini ishga tushurish mumkin emasligi, suvni tartibga soluvchi qurilmalar bilan ta’minlamay turib va tegishli hollarda sanitariya muhofazasi zonalarini o‘rnatmay turib suv chiqarish uchun parmalab qazilgan quduqlarni ishga tushurish mumkin emasligi, sanoat korxonalari va kommunal-maishiy inshootlardan oqib chiqadigan suvlarni tozalamasdan va zararlantirmasdan turib daryolarga, ko‘llarga, sug‘orish va quritish kanallari shohobchalariga va quduqlarga oqizish hamda odamlar dam oladigan ommaviy joylarni ifloslantirish man qilinishligi tartibga solingan.
Sovet xokimiyati yillarida suv huquqini rivojlanishida 1972 yil 9 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston SSR suv to‘g‘risida”gi kodeksi alohida o‘rinni egallaydi. Ushbu me’yoriy hujjat aholi va xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona foydalanish, suvni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvning zararli ta’sirining oldini olish va uni bartaraf qilish, suv obyektlarining holatini yaxshilashni ta’minlash, suv munosabatlari sohasida korxona, muassasa va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan edi.
Suv kodeksida bundan tashqari suvga nisbatan mulk huquqi, davlat hokimiyati va ijroiya organlarining suv sohasidagi vakolatlari, suvni muhofaza qilish, suvdan foydalanish tartibi va tur lari, suvdan foydalanuvchilarning huquq va burchlari, suvdan foydalanish huquqini bekor qilish, suvdan foydalanish to‘g‘risidagi nizolarni hal etish, suv to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik kabi masalalar tartibga solingan.
Suvning hisob-kitobini olib borishda, suv kadastrini yuritishda SSSR Ministrlar Soveti tomonidan 1975 yil 10 martda tasdiqlangan “Suvning davlat hisobi va ulardan foydalanish haqida”gi Nizom va 1977 yil 1 avgustda qabul qilingan “Davlat suv kadastrini yuritish tartibi haqida”gi qarori, 1979 yil 22 iyundagi “Suvdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazorati haqida”gi Nizom muhim rol o‘ynadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling