«yurisprudensiya»


-Mavzu O‘ZBЕKISTONDA SUV HUqUqINING VUJUDGA KЕLISHI VA RIVOJLANISHI


Download 1.39 Mb.
bet10/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2-Mavzu O‘ZBЕKISTONDA SUV HUqUqINING VUJUDGA KЕLISHI VA RIVOJLANISHI
Reja:
1. Suv munosabatlarining moziyda tartibga solinishi
2. Sobiq ittifoq darida O‘zbekistonda suv qonunchiligining tutgan o‘rni
3. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida suv qonunchiligining rivojlanishi


1. Suv munosabatlarining moziy tartibga solinishi
Suv boyliklari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish masalasi mamlakatimiz xududida yashagan qadim ajdodlarimizning ham diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda tabiat muhofazasiga alohida o‘rin ajratilgan. Bu ta’limotga ko‘ra qadimgi ajdodlarimiz ona-tabiatni nixoyatda e’zozlaganlar, o‘z hayotlarini tabiat bilan, yer, suv o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan chambarchas bog‘liq holda tasavvur etganlar. Avesto ta’limoti suvni asrab-avaylab foydalanish lozimligiga da’vat etgan va odamlar shu ta’limotga asoslanib suv boyliklariga munosabatda bo‘lganlar.
Islom dini ta’limoti, uning asosi hisoblangan qur’oni karimda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga alohida e’tibor berilgan. Islom dini tabiatni, suvni Alloh yaratgan barcha mavjudotlar qatorida o‘z ximoyasiga oladi. qur’oni karimda belgilanishicha, tabiat obyektlari Allohning mulki hisoblangan .
Suv boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda shariat qonunlarining sharhi hisoblangan «Al-Xidoya» muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Unda tabiat mahofazasi, inson-tabiat munosabatlari batafsil tartibga solingan.
Shariatda har bir jonzotning suvga nisbatan huquqi, ya’ni tabiiy huquqi borligi belgilangan. Chunonchi, Muxtasarda yozilishicha, shirb – suvdan tegadigan ulush, ya’ni har bir jon egasining odam, hayvon, o‘simlikning suvdan ichish uchun foydalaniladigan ulushdir. Odam va hayvonlarning idishga solib saqlab qo‘yilmagan har qanday suvda hojatiga ko‘ra iste’mol qilishga haqi bordir deb o‘rnatilgan.
Shariat qoidalarida suvni foydalanish uchun berish huquqi, suv yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish masalalsiga ham alohida e’tibor berilgan. Unda ko‘rsatilishicha, yeri bo‘lmasa ham suvda ulushi borligini da’vo qilish durust, ya’ni sug‘oriladigan yeri bo‘lmasada, baribir suvdan boshqa maqsadlar uchun foydalanish huquqi mavjudligi belgilangan. Agar suvdagi ulush bo‘yicha nizo kelib chiqsa, suvdagi ulush o‘zlarining yerlari miqdoricha bo‘linib berilur, ya’ni suv yerni sug‘orish talablaridan kelib chiqib, yer maydonining katta-kichikligiga qarab taqsimlanishi ko‘rsatilgan.
Shariatda suvdan foydalanish huquqini cheklash mumkin emasligiga bag‘ishlangan muhim qoidalar o‘rin olgan. Unda o‘rnatilishicha, agar suvni bog‘lab to‘xtatmasa, yeri suv ichmaydigan bo‘lsa ham – suvning yuqorisida turgan kishi uni bo‘g‘ib to‘xtatishi man’ qilindi, illo sheriklarining roziligi bilan to‘xtatsa durust bo‘lur.
Musulmon huquqi normalarida suv inshootlarini qurish, joylashtirish, o‘zgartirish tartibi ham batafsil tartibga solingan. Ushbu munosabatlar shariatning bir qator moddalari bilan tartbiga solinadi. Chunonchi, ularda belgilanishicha, ariqdan birga foydalanuvchi sheriklarning bittasi boshqasini suvni olish uchun quriladigan chig‘ir va boshqa uskunalarni qurishdan man’ qilish mumkin. Agar mana shu uskunalar uni quruvchiga qarashli yerda bo‘lsa va boshqalarga zarar bermaydigan darajada bo‘lsa man’ qila olmaslar. Va dag‘i kimki ariqni avvalgi holatidan o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, masalan, o‘z haddini kengaytirsa yoki toraytirsa boshqasi uni toraytirishi mumkin. Demak, suv inshootlarini qurish yoki o‘zgartirish uchun suvdan foydalanuvchilarning roziligi talab qilingan.
Fuqaroning suvga nisabatan bo‘lgan ulushi uning ajdodlariga merosga o‘tishi ko‘rsatilgan. Chunonchi, shariat normalarida ko‘rsatilishicha, suvdagi ulush merosga qolur. Bu ulushdan foydalanish uchun uni birovga vasiyat qilish zarur. Lekin suvdagi ulush yerdan ayricha sotilmaydi.
Birovning ulushidagi suvdan foydalanish pullik bo‘lgan. Shariatda belgilanishicha, bir kishi o‘zining yerini ikkinchi kishining suvdagi ulushidan sug‘orsa, haqini hoh misliy, hoh qiymatini to‘lar. Agar bir kishi o‘z yerini so‘g‘orayotganda suv qo‘shni yeriga oqib ketsa, qo‘shni bu suv haqini to‘lamas, chunki ayb oqizuvchining o‘zida bo‘lgan.
Umuman olganda suvdan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar musulmon huquqi qoidalari bilan atroflicha batafsil tartibga solingan bo‘lib, ular suvni muhofaza qilish, suvdan oqilona foydalanish, suvdan foydalanuvchilarning huquqlarini kafolatlashga xizmat qilgan.
Mamlakatimiz xududida xonliklar davrida ham suv munosabatlarini tartibga solish masalasiga katta e’tibor berilgan. Suvga nisbatan jamoat mulkchiligi belgilangan. Xonliklar hokimiyati mustahkamlanib bergan sari suvning katta qismi davlat tasarrufiga olingan, ya’ni ularga nisbatan davlat mulkchiligi o‘rnatilgan.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling