«yurisprudensiya»


Suv huquqi munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari, obe’kti va subyektlari


Download 1.39 Mb.
bet6/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

5. Suv huquqi munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari, obe’kti va subyektlari
Suvga doir ijtimoiy munosabatlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, o‘rganish va tadqiq etish o‘z navbatida, huquq normalarini samarali qo‘llash, davlat huquqiy mexanizmni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Suv bilan bog‘liq tabiat va jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar qo‘yidagi asosiy yo‘nalishlarda rivojlanadi:
1. Suvlarni muhofaza qilish;
2. Suv resurslaridan oqilona foydalanish.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, suvlarni muhofaza qilish deganda ularni huquqiy jihatdan muhofaza qilish tushunilmaydi. Chunki muhofaza qilish va huquqiy muhofaza qilish turli mazmun va ahamiyatga ega hisoblanadi.
Suvlarni muhofaza qilish eng avvalo ularning tabiiy holatini yaxshilash, qayta tiklash, ifloslanishdan saqlash, bug‘lanish va boshqa jarayonlarni kamaytirish, suvlarning holatiga ta’sir etuvchi tabiiy va texnologik holatlarni oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 97-moddasida suvni muhofaza qilishga qaratilgan asosiy vazifalar qatorida suv obyektlari aholi sog‘ligiga zarar yetkazishi, baliq zahiralarining kamayishi, suv ta’minoti sharoitining yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari pasayishi, suvning gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilish+i natijasida kelib chiqadigan boshqa ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan muhofaza qilinishi kerakligi ta’kidlangan.
Demak, barcha suvdan foydalanuvchilar birinchi navbatda suvlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq qoida-talablarga amal qilishlari shartdir.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish suvlarni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, mazkur munosabatlarni tartibga solish o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish deganda, jismoniy va yuridik shaxslarning turli ehtiyojlarini qondirish maqsadida suvlarning foydali xossalarini o‘zlashtirilishi tushuniladi. Bir so‘z bilan aytganda, suvlardan foydalanish, suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida suv resurslariga turli ta’sirlar ko‘rsatishdan iboratdir.
Suvlardan oqilona foydalanishnig asosiy maqsadi:
birinchidan, mumkin qadar suvlardan tejamkorlik bilan foydalanish,
ikkinchidan, suvlarning holatiga zararli ta’sirlarni kamaytirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida suvdan foydalanishga juda katta e’tibor berilgan bo‘lib, suvlardan asosiy maqsadga muvofiq foydalanish turlari, suv obe’ktlarini foydalanishga berish tartibi va shartlari, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, suv obe’ktlaridan foydalanish muddatlari, foydalanuvchilarning huquq va burchlari kabi foydalanish jarayonini tartibga solish qoida-talablari belgilangan.
Shuni ta’kidlash lozimki, suv huquqining barcha institutlari muhofaza qilish va foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarga xizmat qiladi. Xususan, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, mulkchilik masalalari, nizolarni hal qilish, huquqiy javobgarlik va boshqa suv huquqining muhim institutlari suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar suv huquqining paydo bo‘lishi va yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Huquqiy munosabatlar tarkibiy tuzilishining zaruriy qismlaridan biri ularning obyektidir. «Obyekt»-lotincha so‘z bo‘lib, mavzu degan ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat uning zamirida yotgan hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan muayyan vazifani o‘taydi.
Shu bois, obyektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir kursatmaydigan huquqiy munosabatlar bo‘lmaydi. Huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subyektlarning diqqat e’tibori, manfaati, xatti-harakati qaratilgan real ne’mat, narsa, jarayon, harakatlar (ularga erishish, foydalanish, muhofaza etish) huquqiy munosabatning obyekti deb, ataladi.
Suvga doir ijtimoiy munosabatlar, ya’ni suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning obyekti bo‘lib, tabiatning ajralmas qismi hisoblangan turli shakl va xajmdagi suv resurslari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga asosan Respublikamiz xududidagi barcha suv resurslari yagona davlat suv fondini tashkil etadi. Demak, suvga doir ijtimoiy munosabatlar obyekti bo‘lib davlat suv fondini tashkil etuvchi birinchidan,daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalarning va manbalari, kanal va hovuzlarning suvlaridan, ikkinchidan, yer osti suvlari va muzliklar hisoblanadi. Chunki, muhofaza qilish va oqilona foydalanish qoida-talablari suv fondini tashkil etuvchi suv resurslariga ta’sir etish orqali paydo bo‘ladi va rivojlanadi.
Suv huquqiy munosabatlari ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida paydo bo‘ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling