«yurisprudensiya»


Suv huquqi munosabatlarining vujudga kelishi va bekor qilish asoslari


Download 1.39 Mb.
bet9/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

6.2. Suv huquqi munosabatlarining vujudga kelishi va bekor qilish asoslari
Huquqiy munosabatlar vujudga kelishi, o‘zgarishi, tugatilishi va to‘xtatilishi asoslari yuridik fakt hisoblanadi, ya’ni xodisa va harakatlar yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, odamlarning barcha harakati va qilmishi huquqiy munosabatlarni vujudga kelishiga olib kelmasdan, balki faqat huquq normalarida mustahkamlanganidagina asos bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Shunday kelib chiqib, suv huquqiy munosabatlarida yuridik faktlar deganda, suv qonunchiligida o‘rnatilgan suvdan foydalanish, muhofaza qilish va qayta ko‘paytirish sohasida suv huquqi munosabatlarini vujudga kelishi, o‘zgarishi va tugatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan harakat va hodisalar tushuniladi.
Amaliyotda ko‘pchilik holatlarda suv huquqi munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatilishi suvdan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Davlatlararo Suvdan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlar asosida vujudga keladi (4 —modda), suv obyektlari tanho foydalanish va ularning muhofaza qilish uchun Suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasi asosida rasmiylashtirilib beriladi. (26 —modda),
Suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklashlarsiz amalga oshiriladi (28—modda). Suv huquqiy munosabatlari ana shu asoslarda vujudga keladi.
Suvdan foydalanish h
uquqini bekor qilish asoslari “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 36—moddasida ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, suvdan foydalanish huquqi quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
suvdan foydalanishga ehtiyoj qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
suvdan foydalanish muddati tutaganda;
korxona, muassasa, tashkilot yoki fermer xo‘jaligi va dexqon xo‘jaligi tugatilganda yoki uning faoliyati to‘xtaganda;
suv xo‘jaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tug‘ilganda.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish qoidalari buzilgan yoki suv obyektidan belgilab qo‘yilganidan boshqa maqsadda foydalanilgan, suv haqi to‘lanmagan hollarda ham korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dexqon xo‘jaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyoj va maishiy ehtiyojlarni qondirish uchun suvdan foydalanish huquqi bundan mustasnodir).
qonunlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dexqon xo‘jaliklari va fuqarolarning suvdan foydalanish huquqini bekor qilishning boshqacha asoslari ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Suvdan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi quyidagilardan iborat:
suvdan maxsus, shuningdek ikkilamchi foydalanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish;
tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish yo‘li bilan bekor qilinadi;
Suvdan foydalanish huquqi maxsus ruhsatnoma bergan organning qarori bilan bekor qilinadi.
Suvdan ikkilamchi foydalanish huquqi suvdan birlamchi foydalanuvchining suv xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib chiqargan qaroriga binoan bekor qilinishi mumkin.
Suvdan foydalanish huquqini paydo bo‘lish va bekor bo‘lish asoslari suv huquqi munosabatlarining yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlari, mazmuni, subyektlariga tegishli bo‘lgan huquqiy jihatlar bilan bog‘liq bo‘lib, suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish jarayonini tartibga solishga xizmat qiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling