«yurisprudensiya»


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida suv qonunchiligining rivojlanishi


Download 1.39 Mb.
bet12/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

3. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida suv qonunchiligining rivojlanishi
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritishi yangi iqtisodiy o‘zgarishlar davrini boshlab berib, u bu o‘zgarishlarning yanada taraqqiy etishi, rivojlanishi, ularning huquqiy asoslarini yaratish uchun katta zamin bo‘lib xizmat qildi. Siyosiy mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq ijtimoiy hayotimizga joriy etilayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizlarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratildi. Chunonchi O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat deb e’lon qilingan dastlabki kunidayoq qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunda iqtisodiy tizimimiz asoslarini yaratishga qaratilgan birinchi qadamlar qo‘yildi. Ushbu qonunning 7-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun yangi ishlab chiqarish munosabatlariga o‘tishning asoslarini belgilab berdi. qonundagi ushbu qoidalar konstitutsiyaviy qoidalar hisoblanib, ular 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi va rivojlantirildi. Konstitutsiyada tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik belgilanib, ulardan oqilona foydalanish zarurligi ko‘rsatildi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida o‘rnatilishicha, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir.
Ushbu konstitutsiyaviy qoidalar respublikamizda qabul qilingan amaldagi qonunlarda atroflicha belgilandi va rivojlantirildi. Amaldagi qonunlarda asosiy qonunda belgilangan tabiiy resurslardan foydalanishning huquqiy asoslari yaratildi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida konstitutsiyaviy normalar asosida, aytish mumkinki, ma’lum darajada suv munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar tizimi ishlab chiqildi va ularni takomillashtirish borasida ayni chog‘da muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Buni biz bozor iqtisodiyoti shart-sharoitlari va talablariga mos keladigan, yangi iqtisodiy munosabatlar qonuniyatlariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qabul qilingan bir qator yangi qonunlar misolida qo‘rishimiz mumkin. Mazkur qonunlarda asosiy e’tibor tabiatni muhofaza qilish, undan samarali foydalanishga qaratilgandir.
Avvalo shuni aytish kerakki, mamlakatimizda suv munosabatlarini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni alohida o‘rinni egallaydi. U mamlakatimiz xalq xo‘jaligida suv munosabatlarining huquqiy asoslari, suv munosabatlarining subyektlarini, suvdan foydalanish shartlari va tartiblari, suvga nisbatan mulkchilik masalalarini, suv qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik masalalarini tartibga solish bo‘yicha muhim qoidalarni o‘zida jamlagan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida qabul qilingan qonunlar orasida, «qishloq ho‘jalik kooperativlari (shirkat ho‘jaligi) to‘g‘risida»gi, Fermer ho‘jaligi to‘g‘risida»gi va dehqon ho‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlari (1998 yil 30 aprel) qishloq ho‘jaligida suvdan foydalanish tartibi va asoslarini belgilashda alohida ahamiyatga egadir. Bu qonunlar qishloq ho‘jalik ishlab chiqarishi tuzilmalarining Suvdan foydalanish huquqini belgilab beradi.
Chunonchi, “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat ho‘jaligi) to‘g‘risixa”gi qonunning 16 moddasida, “Fermer ho‘jaligi to‘g‘risixa”gi qonunning 14-moddasi, “Dehqon ho‘jaligi to‘g‘risixa”gi qonunning 11-moddasi suvdan foydalanish bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga bag‘ishlangan.
Suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan “Soliq kodeksi” alohida o‘rinni egallaydi. Ushbu kodeksning IX bo‘limi suv solig‘i munosabatlarini tartibga solishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda soliqqa solinuvchi suv obyektlari, soliq to‘lovchilar, soliq stavkalari va ularning turlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar, soliq summasi hisob-kitobi, soliqni to‘lash muddatlari hamda suv solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibiga oid qoidalar o‘z ifodasini topgan. “Soliq kodeksi” suvdan foydalanganlik uchun haq undirishni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qonun hujjati hisoblanadi.
Yuqoridagilardan tashqari, suv huquqini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik, Mehnat kodekslari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kodekslarda suvlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan, ya’ni suv bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar sodir etilganda huquqiy choralar bilan uni himoya qilish tartibi belgilangan. Muhofaza ahamiyatiga ega bo‘lgan ushbu qonun hujjatlarida jinoiy jazo choralari, mulkiy jazo choralari, ma’muriy jazo choralari, intizomiy jazo choralari belgilangan bo‘lib, ular suvdan oqilona, samarali, maqsadli, qonunda belgilangan tartibda foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Suvdan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi” alohida o‘rinni egallaydi. Bu kodeksda suv fondi yerlarining huquqiy holati o‘rnatilgan. Chunonchi, Yer kodeksining 77-moddasida belgilanishicha, suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ho‘jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng suvni huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga solishga bag‘ishlangan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish shundan dalolat beradiki, bu davrda respublikamizda suv qonunchiligi o‘zining ma’lum rivojlanish bosqichini bosib o‘tdi, suv qonuni tizimi yaratildi, ular suv munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirdi va ularni amaliyotda qo‘llanish muruvvatlarini yaratdi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling