«yurisprudensiya»


Suv huquqi munosabatlari mazmuni


Download 1.39 Mb.
bet8/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

6.1 Suv huquqi munosabatlari mazmuni
Huquqiy munosabatlar mazmuni deganda shu munosabatda qatnashuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari yig‘indisi tushuniladi. Shundan kelib chiqib, suv huquqi munosabatlarining mazmunini shunday munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari yig‘indisi sifatida tushunish mumkin. Suv huquqi munosabatlari o‘z tuzilishiga ko‘ra murakkab huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Ularni uch guruhga ajratish mumkin:
1) konstitutsiyaviy (umummajburiy) huquq va majburiyatlar;
2) umumiy (sohaviy) huquq va majburiyatlar;
3) maxsus huquq va yuridik majburiyatlar.
Konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlangan. Asosiy qonunning 50 — moddasida fuqarolar atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar deb ko‘rsatilgan, 54—moddada esa mulkdan foydalanish ekologik zarar yetkazmasligi lozim, deyilgan. 55—moddada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish lozimligi ko‘rsatilgan.
Umumiy (sohaviy) huquq va majburiyatlar suv munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Shunday qonun hujjatlariga birinchi navbatda «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Tabiatni muhofaza etish to‘g‘risida»gi qonunlar kiradi.
Maxsus vakolat va yuridik majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qonun osti me’yoriy hujjatlarida belgilangan.
Suv huquqi munosabatlari mazmunini suvdan foydalanuvchi va uni muhofaza etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Bu huquq, va majburiyatlar «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi» qonunning 32, 35 — moddalarida ko‘rsatilgan. Bularga ko‘ra suvdan foydalanuvchilar suv obyektlari qanday maqsadlar uchun foydalanishga berilgan bo‘lsa, faqat shu maqsadlarda foydalanish; suvdan foydalanishni amalga oshirish uchun inshootlar, qurilmalar va boshqa obyektlarni qurish; beriladigan suvning miqdori va sifatini tekshirish; qonunlarda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, shartnoma bo‘yicha olinmay qolgan suv uchun tovon to‘lanishini talab qilish; suv obyektlaridan foydalanish bo‘yicha qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Suvdan foydalanuvchilar suv obyektlaridan oqilona ravishda foydalanishlari, suvni tejab—tegrab sarflash, suvning sifatini qayta tiklash va yaxshilash to‘g‘risida qayg‘urishlari, suv olishning berilgan me’yorlariga rioya etishlari; iflos moddalar aralashib qolgan oqindi suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila to‘xtatish choralarini ko‘rishlari; boshqa suvlardan foydalanuvchilarga berilgan huquqlarining buzilishiga, shuningdek xo‘jalik va tabiat obyektlariga (yerlar, o‘rmonlar, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar va hokazolarga) zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘ymasliklari; suvni muhofazalaydigan va boshqa suv xo‘jalik inshootlarini hamda texnikaviy qurilmalarni soz xolda tutishlar, ularni ishlatish sifatlarini yaxshilashlari, olinayotgan suvni hisob—kitob qilib borishlari; suv resurslaridan foydalanganlik haqini o‘z vaqtida to‘lashlari shart. Suv huquqi munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlari orqali suvdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling