«yurisprudensiya»


Suv obyektlarini foydalanishga berish tartibi va shartlari


Download 1.39 Mb.
bet31/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Suv obyektlarini foydalanishga berish tartibi va shartlari
Suv obyektlari aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini va maishiy ehtiyojini qondirish uchun foydalanishga beriladi.
Suv obyektlari tanxo foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Va-zirlar Maxkamasi yoxud tegishli vakolatga ega davlat organi tomonidan qonunlarda belgilanadigan tartibda batamom yoki qisman beriladi. Suv obyektlaridan tanho foydalanish maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Suvdan maxsus foydalanishda yer usti suv manbalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv ho‘jaligi vazirligining, yer osti suv manbalari bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining takliflariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasining organlari beradigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomani muvofiqlashtirish va berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga binoan suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklashlarsiz amalga oshiriladi (28 —modda).
Tanxo foydalanish uchun berib qo‘yilgan suv obyektlaridan umumiy foydalanishga suvdan birlamchi foydalanuvchi suv ho‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishib belgilangan shartlarga muvofiq yo‘l qo‘yiladi, zarurat bo‘lib qolgan taqdirda esa, suvdan bunday foydalanish taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
Barcha suv iste’molchilariga nisbatan suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi belgilanadi. Suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi ma’muriy — xududiy taqsimlash qoidasi, suv xavzalari va xar bir suvdan foydalanuvchi bo‘yicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar hamda konchilikni nazorat qilish davlat organlari bilan kelishib belgilanadi. Suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi suv ho‘jaligi organlari tomonidan belgilanib, unga rioya etish idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha suvdan foydalanuvchilar uchun majburiydir.
Suv tarmoqlari obyektlarini asrash va tiklash, bu sohada xizmat qiluvchi xodimlarni moddiy ta’minlash maqsadlarini ko‘zlab, suvdan limit bo‘yicha foydalanish bilan bir qatorda to‘liq yoki qisman haq to‘lab foydalanish joriy etiladi. Suv uchun to‘liq yoki qisman haq to‘lashni joriy etish, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, shuningdek bunga rioya etilishini nazorat qilish shartlari va tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi belgilaydi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling