«yurisprudensiya»


Davolash, sog‘lomlashtirish va kurort maqsadlarda suv obyektlaridan foydalanish


Download 1.39 Mb.
bet40/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

2. Davolash, sog‘lomlashtirish va kurort maqsadlarda suv obyektlaridan foydalanish
Davolanish kategoriyasiga kiritilgan suv obyektlari, avvalambor, davolanish va dam olish maqsadlarda ishlatilishi lozim. qishloq va suv ho‘jaligi hamda tabiatni muhofaza qilish organlari shifobaxsh suvlar toifasiga kiritilgan suv obyektlaridan, istesno tariqasida konchilikni nazorat qilish idoralari bilan kelishilgan tarzda boshqa maqsadlar uchun, foydalanishga berishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining № 421-1.25.04.97-raqamli boshqaruv qo-idasiga ko‘ra shifobaxsh suv ob’eklariga yig‘ilib qolgan suvlarni tashlash qat’ian man etiladi. Hozirgi kunda mineral suvlar davolash maqsadida nafaqat kurort va sanatoriyalarda, balki ulardan tashqari bo‘lgan sharoitlarda ham ishlatilmoqda. Kurort yoki ular atrofida suvlarni qadoqlashni yo‘lga qo‘yish uchun maxsus qurilgan zavod va sexlar Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati asosida faoliyat yurgazadilar. Mineral suvlar juda bebaho davolash manbai bo‘lib, u insonni sog‘lomlashtiruvchi tabiiy omillardan hisoblaniladi. Kishiga shifobaxsh suv kuch-quvvat bag‘ishlaydi va har xil xastaliklardan soqit qiladi. Yer osti meneral suvlardan foydalanish maqsadida qadimdan ishlatilgan buloqlardan suvlarni olish qoidalariga amal qilishda, idishlarga quyish va ularni saqlashda uning tarkibi inobatga olinadi. Bu esa ham fiziologik, ham davolash nuqtai nazardan qaralishi lozim. Sanatoriya va kurortlar orqali davolanish va sog‘lamlashtirish tizimi aholining salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi va kasalliklarni oldini olishning asosiy omillaridan hisoblaniladi. Faqatgina 1999 yilning o‘zida O‘zbekistonninggina 19 ta sanatoriya va dam olish maskanlarida 50 mingdan ziyod fuqarolarimiz o‘z sog‘liqlarini tikladilar. Sanatoriya va kurortlarni boshqarishda diqqat e’tibor asosan profilaktika ishlarini tashkil etishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Sanatoriyalarda, hususan “Sitorai Mohi Xosa”, “Chimyon”, “Turon”, “Chinobod”, “Chortoq” oromgohlarida suv bilan davolashning yangi usullari qo‘llanilmoqda va an’anaviy davolash yo‘llaridan ham foydalanib turli xastaliklardan (ya’ni yurak, asab tizimi, oshqazon-ichak kasalligi, nafas olish yo‘llari, urologiya va gineqologiya sohalari bo‘yicha kassalliklar) holis etilmoqdalar.
Respublika kasaba uyushmalar federatsiyasi kengashida kurortlar boshqarmasi kasallarni sanatoriyalarda davolanishni tashkil qilish maqsa-dida tibbiy hodimlarga sanatoriya haqida ularning kattaligi, iqlimi, geo-grafik ma’lumotlar, tabiiy omillarga tasniflar, davolanish tavsiyalari haqida ma’lumotlar berishga yordamlashmoqda. Bunday imkoniyatlar, temir yo‘l ishchilari kasaba uyushmalari bilan keng miqyosda olib borilmoqda. Xo‘jalik va sanatoriya-texnik xizmatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmining yo‘qligi, kurorot tegralarida eqologik vaziyatning buzilishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, bu o‘rinda sanoat korxonalarining faoliyatiga katta eqologik zarar yetkazilmoqda.
Sanatoriya-kurortlar faoliyatini rivojlantirishning asosiy vazifalari hozirgi kunda mineral suv zaxiralari va shifobaxsh loylardan samarali foydalanishni ta’minlash hisoblanadi.
Ichimlik va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanish monitorigini amalga oshirish tartibi, uning tuzilishi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Suvni muhofazalash va ulardan foydalanishni nazorat qilish quyidagi turlarga bo‘linadi: davlat, ishlab chiqarish, jamoat va idoraviy.
qonuning 100-moddasiga binoan suvni muhofaza qilish maqsadida sanitar okruglar va tegralar, shuningdek alohida qo‘riqlanadigan hududlar qonunga muvofiq belgilanadi. Kovlangan quduqlarga sanoatdan chiqqan oqova suvlarni tashlash qat’iyan man etiladi, chunki bu quduqlar yer osti suvini ifloslantiruvchi manba bo‘lib qolishi mumkin.
Toza yer osti suvlari to‘planadigan qatlamlarda qattiq va quyuq chiqindilar yig‘ilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa obyektlarni toza yer osti suvlari joylashgan yerlarda olib borish man etiladi, negaki mazkur xo‘jalik faoliyati yer osti suvlarni ifloslantirishi mumkin.
Yer osti suvlarni muhofaza qilish choralari va quduqlarni nazorat qiluvchi tarmoqlarni tuzish yer osti suvlarning holatiga ta’sir qiluvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Xullsa, mamlakatimiz aholisini toza ichimlik suvi va maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun talab qilinadigan «yumshoq» suvlar bilan ta’minlash doimo davlat va jamiyatning kundalik e’tiborida bo‘lib qoladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling