«yurisprudensiya»


Suv obyektlaridan suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanish


Download 1.39 Mb.
bet48/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4. Suv obyektlaridan suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanish
Mamlakatimizda suv obyektlaridan suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanish katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunda ushbu masalani huquqiy holatiga alohida e’tibor berilib, 70-72 moddalarda o‘z aksini topgan.
Mazkur qonunning 70-moddasida ko‘rsatilishicha: «Daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, basharti, suv yo‘llari sifatida foydalanish to‘la yoki qisman taqiqlangan yoxud ular tanho foydalanish uchun berib qo‘yilgan bo‘lmasa, umum foydalanadigan suv yo‘l hisoblanadi». Bu moddada ifoda etiladigan suv obyektlari bevosita kema qatnaydigan suv yo‘llari bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda respublikamizda suv xo‘jaligida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 kub metrdan ortiq bo‘lgan 75 yirik, umumiy hajmi 18,6 milliard kub metr bo‘lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 32,4 ming kilometr xo‘jaliklararo kanallar, 4889 nasos agregatorlari o‘rnatilgan 1479 doimiy nasos stansiyalari, 250 ga yaqin katta-kichik ko‘llar, shuningdek O‘zbekiston hududini kesib o‘tuvchi eng katta suv arteriyalari bo‘lmish Sirdaryo, Amudaryo, Norin, qoradaryo, So‘x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, qashqaryo va Sherobod daryolari yirik suv havzasi hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan va boshqa suv obyektlari qonunga asosan suv transporti ehtiyojlari uchun foydalaniladi, ulardan yuk va passajirlar tashish hamda boshqa xizmatlar uchun foydalaniladi.
Amaldagi, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi qonunning 71- moddasiga binoan suv yo‘llarini kema qatnaydigan suv yo‘llari qatoriga kiritish, shuningdek suv yo‘llaridan foydalanish qoidalarini belgilab berish tartibi qonunlar bilan belgilanadi.
Shuningdek, suv obyektlaridan kichik kemalarda (eshkakli va motorli qayiqlar, katerlar, yelkanli yaxtalar va shu kabilarda) suzib yurish uchun foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ruxsat beriladi.
Suv obyektlaridan suv transport ehtiyojlari uchun foydalanish huquqining subyekti bo‘lib, suv transport vositalari va ekspluatatsiya qiluvchi suv aloqa yo‘llariga ega bo‘lgan tegishli tashkilotlar hisoblanadi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi «avtomobil va daryo transporti agentligi» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyalari va boshqalarni tarmoq boshqaruv organlari, kema yasovchi va remont qiluvchi zavodlar; ichki suv transportlarida –daryo portlari va boshqalar kiradi.
Suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanadigan barcha suv obyektlari, suv transporti ehtiyojlarini qondirish, yuk va passajirlar tashish uchun aniq maqsadlarda, xavfsizlik choralarini ta’minlab, ularni muhofaza qilinib foydalaniladi.
Suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanilishi lozim bo‘lgan suv obyektlari iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, u katta eqologik, mudofaa va halqaro ahamiyatga ham ega. Shuning uchun ham ushbu kategoriya suv obyektlaridan suv tarnsporti maqsadida foydalanishni O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Mudofaa Vazirligi o‘zaro kelishgan tartibda nazorat qilish va foydalanishi ta’minlanadi.
Mazkur kategoriya suv obyektlarining asosiy hususiyatlari ham shundan iborat bo‘lishi mumkinki, ruxsat etilmagan va belgilangan tartibda amal qilmaydigan suv transportlari uchun yopiq zonalar o‘rnatilishi, ya’ni ularga begona suv transporti kirishi man etilishi mumkin.
Ikkinchi xususiyati suv transporti ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan suv obyektlari favqulodda yoki alohida holatlar e’lon qilingan joylarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hamma vazifalari mudofaa sohasida jamoat tartibi va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori harbiy va davlat xavfsizligi xizmati organlari ixtiyoriga o‘tishi mumkin.
Xullas, mamlakatimizda suv transporti ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan to‘g‘ri, oqilona foydalanish davlat suv fondini huquqiy muhofaza qilishga, mavjud yuk va passajirlarni tashishga hamda ushbu sohadagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling