«yurisprudensiya»


qishloq xo‘jaligi yer fondida yordamchi yerlarni sug‘orish tartibi


Download 1.39 Mb.
bet44/77
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793703
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
suv huquqi majmua

4. qishloq xo‘jaligi yer fondida yordamchi yerlarni sug‘orish tartibi
qishloq xo‘jalik korxonalarining sug‘orma yerlardan oqilona foydalanishni tashkillashtirish va yer kadastri talablariga mos ravishda tuproq unumdorligiga erishishlari uchun turli xil fitomeliorativ chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonda shamol eroziyasi xavfi bo‘lgan sug‘oriladigan hududlarda (Respublikamizda ularning maydoni 1 mln.gektardan oshiqroq) ixota daraxtzorlarini tashkil etish, asosiy tuproq-meliorativ choralardan hisoblaniladi. Kuchli jarlangan yoki yemirilgan 300 ming ga voha yerlarida suv eroziyasi jarayonlarining oldini olish uchun o‘rmon-fitomeliorativ himoya tegralarini tashkil etish ilmiy va amaliy jihatdan o‘z isbotini topgan. Xullas, sug‘oriladigan va qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan band bo‘lgan yerlarni umumdorligini saqlab qolish, agrosanoat, agroxizmat va qishloqda yashaydigan aholining kundalik faoliyatini barqarorlashtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi yer fondida o‘rmonlar, daraxtzorlar (ixota daraxtzorlari ham), ko‘chatzorlar tashkil etish zarurdir.
Tashkil etilgan o‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlarni sug‘orish «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 47,50,51,52-moddalarida ko‘rsatilgan qoidalar va me’yorlar asosida olib boriladi. Ularda ham gidromodul rayonlashtirish asosida ichki va umumiy tizimdagi rejalar ishlab chiqiladi, tegishli hujjatlar tuziladi va huddi shunday protsessual tartibda tasdiqdan o‘tadi.
Jamoa bog‘lari, ekinzorlari va tomorqa yerlarni sug‘orishda suv ob’-yektlaridan foydalanish ikkilamchi darajada suvdan foydalanish obyekti, deb qaraladi. Lekin ushbu yerlarda Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mayda tovar mahsulotlarining, ya’ni meva, sabzovot, poliz ekinlari, ko‘kat va gullarning 80-85 foizi olinadi. Shuning uchun ham qonunda ikkilamchi daraja qilib belgilangan sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoa bog‘lari va ekinzorlari hamda tomorqa yerlarini suv bilan ta’minlash 1993 yil 3 avgustda qabul qilingan «Suvdan foydalanish limitlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining 11-sonli qarori asosida olib boriladi. Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 53-moddasiga ko‘ra bunday yerlarni suv bilan ta’minlash xo‘jaliklarning suv ajratish joylarida (xo‘jalik taqsimlagichning yoki kanalning bosh gidrotexnika inshootida) birlamchi suvdan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Birlamchi suvdan foydalanuvchi qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat), fermer va dehqon xo‘jaliklari, ilmiy va tajriba muassasalari o‘z ichki xo‘jalik va umumiy tizimli suvdan foydalanish rejalariga jamoa bog‘lari va ekinzorlari hamda yordamchi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun kerak bo‘ladigan suv miqdorini ko‘rsatib o‘tishlari zarur. Ularda ikkalamchi sug‘oriladigan yerlar maydoni, ulardagi ekin turlari, gidromodul rayonlashtirishda talab etiladigan va suv rejimini belgilovchi barcha me’yoriy hujjatlar keltirilishi lozim.
Birlamchi suvdan foydalanuvchi xo‘jaliklar, jumladan qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), dehqon va fermer xo‘jaliklar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, tashkilotlari va muassasalari hamda fuqarolar xo‘jaliklararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan suv olishni ko‘paytirish yoki kamaytirish maqsadida o‘z rejalarini o‘zgartirishlari taqiqlanadi. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida ko‘rsatilganidek, ushbu inshootlardan foydalanuvchi subyektlar inshootlarni belgilangan maromda ishlashini buzishlari, muvaqqat to‘siqlar, nasos stansiyalari va boshqa inshootlarni qurishlari ham taqiqlaniladi. Huquqbuzar shaxslar esa keltirilgan moddiy va ma’naviy ziyonni qoplashlari shart va hamda qilmishning ijtimoiy xavfligiga qarab ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunning 55-moddasi, gidro-texnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuning 9-moddasiga binoan fuqarolarning kanallar, to‘g‘onlar, suv tashlash, suv bo‘shatish, suv o‘tkazish va suv chiqarish inshootlari, tunellar, turli tabiiy ofat va texnogen falokatga qarshi o‘rnatilgan gidrotexnik inshootlar ustidan traktorlar, transport vositalari va chorva mollarini haydab o‘tishlari taqiqlaniladi. Ularda ko‘chat yoki ekinlarni yetishtirish maqsadida obikor dehqonchilik qilish, ruxsat etilmagan barcha xo‘jalik ishlarini olib borishga ruxsat etilmaydi. qonunbuzar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 76-moddasiga (suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikaslantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish) va Jinoyat kodeksining 193-moddasiga (eqologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish) binoan yuridik javobgarlikka tortiladilar.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda yer-suv muammolarini qishloq xo‘jaligida huquqiy jihatdan tartibga solish Respublikamiz oldiga qo‘yilgan taktik va strategik barqaror rivojlanish reja va dasturlarini amalga oshirishda so‘zsiz xizmat qiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling