Mutaxassisligi magistranti qo’ziyev to’lqin bahodirovich ning


Download 48.31 Kb.
bet1/7
Sana15.03.2023
Hajmi48.31 Kb.
#1272223
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QO\'ZIYEV.T.B


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI


MAGISTRATURA BO'LIMI


70710201 - Biotexnologiya (mahsulot turi bo‘yicha) mutaxassisligi magistranti


QO’ZIYEV TO’LQIN BAHODIROVICH ning


«Sabzovot ekinlarining kasalliklariga qarshi antoganiz zamburo’g’lardan priparatlar tayyorlash biotexnologiyasi» mavzusi bo’yicha magistirlik dissertatsiyasining
ISH DASTURI






Ilmiy rahbar: dotsent

_____________



M.S.Mamiev










Bajaruvchi: magistrant

_____________



T.B.Qo’ziyev









































































Toshkent – 2023
MUNDARIJA:
KIRISH
I bob. 1. АDАBIY MАNBАLАR ShАRHI

    1. Mikroorganizmlar oʼrtasidagi antagonistik munosabatlar

    2. Mikroorganizmlarni antibiotiklar hosil qilishi

    3. Zamburug‘larning giperparazitligi

II bob. Tadqiqot ob’ektlari va usullari
Adabiyotlar sharhi.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligining etakchi tarmoqlaridan biri sabzavotchilik hisoblanadi. Dehqonlar etishtirgan har xil sabzavotlarni na faqat o‘zimizda, balki yurtimizdan tashqarida ham dovrug‘i olamga ketgan.
Sabzavotlarning asosiy qiymati shundaki, ular vitaminlarga, mineral tuzlarga, organik kislotalarga, xushbuy va mazali moddalarga boy bo‘lib, modda almashinuviga yaxshi ta’sir qiladi. Bu ekinlarning hosilini va sifatini oshirish uchun, ularni etishtirishda zamonaviy biotexnologiya usullarini qo‘llash, mahsuldor va mahalliy sharoitga mos navlarni joriy qilish hamda sabzavotlarni turli xil kasalliklardan samarali himoya qilish o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Sabzavot kasalliklariga qarshi kurash kasalliklarga chidamli navlar chiqarishdan, agrotexnik chora-tadbirlarni amalga oshirish va kimyoviy kurashdan iborat. Lekin shu narsa ma’lumki, har xil sabablarga ko‘ra navlarning chidamliligi yo‘qolishi, agrotexnik chora-tadbirlar har doim ham samarali bo‘lmasligi mumkin. Kimyoviy usulga kelsak, katta-katta maydonlarda tuproqni fumigatsiyalash tavsiya etilmaydi, chunki fungitsidlar atrof muhitga zararli ta’sir etadi.
Atrof muhitni ifloslantirishdan saqlash va inson salomatligini muhofaza qilish jahon miqyosidagi dolzarb muammolardan biridir.
Bizning respublikamizda bu muammoni hal qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hukumatimizning bir qator qaror va farmonlarida o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, tabiatdagi tirik organizmlarga salbiy ta’sir qilmaydigan biotexnologik kurash choralarini ishlab chiqish va uni kengroq joriy qilish masalasiga doimo e’tibor qaratib kelingan. Bir qator olimlarning va mutaxasislarning faol harakatlari tufayli qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik himoya qilish ko‘lami borgan sari kengayib bormoqda.
Biologik kurash choralarining ustunlik tomoni shundan iboratki uning ta’siri faqat ma’lum zararli ob’ektga qaratiladi. Kimyoviy vositalarning ta’sir qilish doirasi keng qamrovli bo‘lib, uning zaharli moddalari faqat zararli organizmlarga emas, balki foydali organizmlarga ham salbiy ta’sir qiladi. Biologik vositalar esa faqat bitta yoki bir guruh organizmlarga ta’sir qilgan holda, tabiat tizimidagi boshqa foydali organizmlarga ta’sir qilmaydi. Ayniqsa uning eng muhim tomoni shundaki, bu kurash chorasi inson salomatligiga salbiy ta’sir qilmaydi. SHunday qilib qishloq xo‘jaligi ekinlarini biologik vositalar yordamida zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish bir qator, ya’ni hosildorlikni saqlab qolish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini oshirish va atrof muhitni ifloslantirishdan saqlash muommolarini hal qiladi.
Sabzavot ekinlarini hosildorligini oshirishda va sifatini yaxshilashda ularning zararli organizmlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga qaraganda dunyo bo‘yicha zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar tufayli qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 20-30% yo‘qotilar ekan. Boshqacha qilib aytganda, ekin bilan band har bir 5 gektarning 1 gektaridangina hosil mutloqo yo‘qotiladi degani.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish turli xil yangi pestitsidlarni yuzaga kelishi, ayniqsa sintez qilingan organik preparat-larni qo‘llash tufayli faqat kimyoviy kurash yordamida juda qisqa muddat ichida o‘simliklarni himoya qilish muammosini hal qilish mumkin degan fikr paydo bo‘ldi. Lekin keyingi yillar davomida kimyoviy preparatlarni ta’sirida atrof muhitni ifloslanishi va pestitsidlarga chidamli zararli organizmlar paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bu fikrni noto‘g‘ri ekanligini isbotladi va boshqa kurash choralariga bo‘lgan e’tiborni xususan biologik usulga qiziqishni kuchaytirdi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini zararli organizmlardan mikrobiologik usulda himoya qilish biologik kurashning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu usul o‘simliklarni kasallik qo‘zg‘atuvchi fitopatogen mikroorganizmlardan himoya qilishda antagonist mikroorganizmlarni qo‘llashga asoslangan.
Ekinlarni mikrobiologik usulda himoya qilish faqat antibiotik va mikrobiologik preparatlarni qo‘llash bilan chegaralanmasdan, balki patogenga qarshi kurashda tuproqdagi mikrooganizmlarni turi va miqdorini boshqarishni ham amalga oshiradi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilishda tuproq zambrug‘lari orasida trixoderma turkumining vakillari alohida o‘rin tutadi. Chunki, bu turkum vakillari o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi bir qator fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi antagonistik xususiyatlarini namoyon qiladi. Bu esa ularning orasidan qishloq xo‘jalik ekinlarining bir qator kasallik-lariga qarshi ko‘plab imkoniyat beradigan istiqbolli shtammlarini ajratib olishga zamin yaratadi.

Download 48.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling