Mutaxassisligi magistranti qo’ziyev to’lqin bahodirovich ning
Download 48.31 Kb.
|
QO\'ZIYEV.T.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- А.V.Nikitina
- 1.2. Mikroorganizmlarni antibiotiklar hosil qilishi
Penitsillin antibiotigi 1929 yil kashf qilingan boʼlib, uni Pencillum chrysogenum va P.notatum zamburugʼ turlari hosil qiladi. U oʼsimliklar uchun mutlaqo zararsiz va ildiz orqali tez soʼriladi. Masalan pomidor koʼchatlarining ildizi orqali soʼrib olingan antibiotik 30-40 minutdan soʼng oʼsimlikning ichki qismiga yetib borganligi aniqlangan. Penitsillinni bunday xususiyati uni oʼsimliklarni turli kasalliklariga nisbatan sinab koʼrilishiga sababchi boʼldi. Penitsillin oʼsimlik kasalliklariga qarshi birinchi marta 1944-1948 yillarda sinalgan va uni sabzi va boshqa ekinlarning kaslliklariga nisbatan yaxshi samara berishi aniqlangan. Bu antibiotik tokning milьdiyu kasalligiga qarshi ishlatilganda yaxshi natijalarni namoyon qilgan. Tokning milьdiyu kasalligini qoʼzgʼatuvchi Plasmopora Viticala oʼsimlik bargiga penitsillin tarqalganda toʼliq nobud boʼlgan, lekin streptomitsin va levomitsin ishlatilagan variantlarda esa zamburugʼ nobud boʼlmasdan balki, rivojlanishi toʼxtagan xolos (Kuchaeva, 1958).
А.V.Nikitina (1972) Pencillum turkumiga mansub zamburugʼlarning kulьturalь suyuqligini makkajoʼxorining pufakli qorakuya kasalligiga qarshi ishlatgan. Natijada kasallik bilan zararlanish 1-1,5 barobarga kamaygan. Yaxshi koʼrsatgichlarni Penicillum implicatum, P.funiculosum va P.oxpansum turlari namoyon etgan boʼlsa, P.rubrum esa bugʼdoyning ildiz chirish kasalligini ikki barobarga kamaytirgan (Federinchik, Buga, 1971). Biroq lavlagining ildiz chirish kasalligini qoʼzgʼatuvchi Pythim aphanidermatum va Rhizoctania solani zamburugʼ turlariga nisbatan uning samarasi boʼlmagan. Laboratoriya va dala sharoitida yaxshi koʼrsatkichlarni namoyon qilgan penitsillin antibiotigi ishlab chiqarishda keng joriy qilinmadi. Bunga sabab sarf meʼyori kam miqdorda bu antibiotikning samarasi ancha past boʼlishi va unga chidamli boʼlgan kasallik qoʼzgʼatuvchi organizmlarning yuzaga kelish havfi borligidadir. 1.2. Mikroorganizmlarni antibiotiklar hosil qilishi Antibiotiklarning yuqori fiziologik faol va ta’sir etish xususiyatiga ko‘ra, mikroorganizmlarning metabolizmi tufayli hosil bo‘lgan mahsulotlar (organik kislotalar, spirtlar, ammiak va boshqalar) dan farqlanib, ular boshqa organizmlar bilan antagonistik munosabat jarayonida tashqi muhitga ajratadigan moddalardir. Ayrim mikroorganizmlar orasidagi antagonistik ko‘rinish XIX asr oxirida aniqlangan bo‘lsada, dastlabki antibiotik davolovchi preparat -penitsillin 1942 yil, streptomitsin esa 1944 yil olingan. Hozirgi davrda antibiotik xususiyatga ega bo‘lgan 4000 ga yaqin mikrobli metabolitlar va sintetik yo‘l bilan 35000 dan ortiq antibiotiklar hosila va analoglar birikmalari olingan. Keyingi 35 yil davomida o‘simlik kasallik qo‘zg‘atuvchilarga qarshi kurashda antibiotiklarni sinash yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ular fitopatogen mikroorganizmlarga qarshi qo‘llanganda, fungitsidlarga nisbatan bir qancha ustunliklarga egadir. Ular o‘simlik organlari va to‘qimalariga engil singadi, ularning ta’siri iqlim noqulay sharoitlariga kamroq bog‘liqdir; o‘simlik to‘qimalariga antibakterial ta’sir hususiyatiga ega bo‘lib, nisbatan sekin inaktivatsiyalanadi; tavsiya etilgan konsentratsiyalarda o‘simlik o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ko‘rsatmaydi, shu bilan bir qatorda o‘simlik kasallik qo‘zg‘atuvchilari – fitopatogen bakteriya va zamburug‘larga tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik antibiotiklar o‘simlik poyasi to‘qimalari, barg sathi va hattoki urug‘lari orqali ham yaxshigina singadi. Jumladan, M.V.Gorlenko ma’lumotlariga ko‘ra, tuproqqa kiritilgan penitsillin 30-40 minutdan so‘ng pomidorning tepa barglaridan topilgan. O‘simliklarga antibiotiklarni singish tezligi ularning xususiyatiga bog‘likdir. Ayniqsa o‘simlik to‘qimalariga kelib chiqishi jihatidan neytral yoki nordon - penitsillin, xloramfenikol tez singsa, amfoter antibiotiklar - xlortetratsiklin, oksitetratsiklin va antibiotik asosida streptomitsin va neomitsin bo‘lgan antibiotiklar sekinroq singadi. Antibiotiklarning so‘rilish intensivligi o‘simlik yoshiga ham bog‘liqdir, bunda yosh o‘simliklar, ayniqsa faoldir. Antibiotiklarning o‘simlik to‘qimalariga tarqalish tezligi, odatda ularning singishi bilan to‘g‘ri proporsionaldir. Singish jarayonida o‘simlik yoshidan tashqari, me-teorologik sharoitlar ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni quruq va iliq haroratda u juda intensiv o‘tadi. Antibiotiklarning o‘simlik to‘qimasidagi inaktiva-siyasi hayvon to‘qimasidagiga nisbatan, kam intensiv bo‘lib, ko‘pincha u o‘simlikning turiga ham bog‘likdir. Hayvon to‘qimalariga kiritilgan pre-paratlardagi antibiotik 1-2 soatdan keyin to‘liq parchalanadi. Masalan, o‘simlik to‘qimalarida esa, olcha daraxtiga kiritilgan pinitsillin bir sut-ka davomida, o‘rik daraxtiga kiritilgan antibiotik esa 16-17 sutka davo-mida o‘z faolligini saqlagan (Krasilnikov, 1958). Antibiotiklar o‘tloq o‘simliklarida ham uzoq muddatda saqlanadi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar salat va suli to‘qimalarida grizeofulvinni, o‘simlikka uni singdirilgandan so‘ng 3-4 hafta davomida kuzatganlar. Antibiotiklarni qo‘llashning zarur shartlaridan biri — ular o‘simliklarga zaharli ta’sir etmasligidir. Mitsetin, subtilin, glyootoksin, klavatsin singari antibiotiklar juda kichik dozalarda ham o‘simlikka zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Subtilin masalan, 1:100000 nisbatda suyultirilganda bug‘doy va no‘xot urug‘i unib chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Klavatsin 1:1000000 nisbat dozada g‘allasimonlilar ildiz o‘sishini to‘xtatadi, holbuki streptomitsin, terramitsin, grizin 500—1000 bir/g konsentratsiyalarda o‘simlik to‘qimalariga to‘planishi mumkin, pinitsillin esa hattoki 3000 bir/g ham zaharli ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo katta konsentratsiyadagi (5000 bir/g gacha) penitsillin o‘simliklarni so‘ldiradi. Laboratoriya sharoitida antibiotiklarni uzoq va tartibsiz qo‘llanilganda o‘simliklarni surunkali kasalliklarga chalinishiga, jumladan, urug‘larni unib chiqmasligi, ildiz va er ustki qismlarining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, xlorofill hosil bo‘lishi jarayonining buzilishiga olib kelgan. Odatda o‘simliklarni biologik himoyasi amaliyotida antibiotiklarni yuqori dozalarda qo‘llash ehtiyoji bo‘lmaydi. Antibiotikning antimikrob samarali ta’siri, odatda ular quyi dozalarda ishlatilganda yuz beradi. Jumladan, penitsillin 3-10 bir/g konsentratsiyada bug‘doy to‘qimalaridagi bakteriyalar o‘sishini to‘xtatadi, streptomitsinning bakteriologik dozasi -5-10 bir/g, o‘rtacha zaharli grizeofulvin antibiotikining davolash dozasi 5-10 bir/g bo‘lib, bu bug‘doyga zaharli ta’sir darajasining 1/4 - 1/8 dir (Kuznetsov, 1974). Download 48.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling