Mutaxassisligi magistranti qo’ziyev to’lqin bahodirovich ning


Download 48.31 Kb.
bet3/7
Sana15.03.2023
Hajmi48.31 Kb.
#1272223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QO\'ZIYEV.T.B

Tadqiqotning maqsadi. Sabzavot ekinlari kasalliklariga qarshi antagonistlarni qoʼllash uchun mikroorganizmlarni ajratib olish va ulardan antagonistik xususiyatlarni namoyon qilganlarini sabzavot ekinlariga kasallik qoʼzgʼatuvchi mikroorganizmlarga nisbatan sinab koʼrish va ularni amaliyotda qoʼllash.
Tadqiqotning vazifalari. Taqiqotning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- sabzavot ekin dalalari tuproqlaridan mikroorganizmlarni ajratib olish;
- ajratilgan mikroorganizmlarning sof kulturalarini olish;
- ajratib olingan mikroorganizmlarning fitopatogen mikro-organizmlarga nisbatan antagonistik xususiyatlarini aniqlash;
- faol antagonistik xususiyatlarini namoyon etgan mikroorganizm-larni ajratib olish.
- antagonist mikroorganizmlarni koʼpaytirish texnologiyasini ishlab chiqish;
- faol antagonistik xususiyatlarini namoyon etgan mikroorganizm-larni biologik kurash chorasi sifatida sabzavot ekinlari kasallik-lariga qarshi kurashda qoʼllash.
Tadqiqotning obʼekti va predmeti. Tadqiqotning obʼekti qishloq xoʼjalik ekinlarida kasallik qoʼzgʼatuvchi mikroorganizmlarga nisbatan antagonisti boʼlgan mikroorganizmlar. Uning predmeti esa antagonistik xususiyatni namoyon qilgan mikroorganizm shtammlari.
Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati.
- sabzavot ekinlariga kasallik qoʼzgʼatuvchi mikroorganizmlarga qarshi qoʼllaniladigan antagonist mikroorganizmlar ajratib olinadi;
- antagonist mikroorganizmlarni oʼstirish va koʼpaytirish uchun samarali substrat tanlanadi.;
- sabzavot ekinlariga kasallik qoʼzgʼatuvchi mikroorganizmlarga qarshi antagonist mikroorganizmlarni qoʼllab, biologik kurash usullarini samarasi aniqlanadi.
1. АDАBIY MАNBАLАR ShАRHI
1.1. Mikroorganizmlar oʼrtasidagi antagonistik munosabatlar
Tabiiy muhitda – tuproq oʼsimlik va hayvon qoldiqlarida oʼsimliklar vegetatsiyasi va saqlanish davrida mikroorganizmlar assotsiyatsiya dunyosi hosil boʼlib, ular orasida turli tuman oʼzaro munosabatlar yuzaga keladi. Bunday mikroorganizmlar guruhlari orasidagi oʼzaro munosabatlar hayvonlarnikiga oʼxshash boʼlib, ular keng va xilma-xil shaklda; birgalikda tinch yashash – simbiozdan aniq antagonizmgacha va uning eng soʼngi shakli - parazitlikgacha amalga oshiriladi.
Dunyoda ilk bor olingan antibiotiklar penitsillin va streptomitsin kashf qilinishiga qadar ham oʼsimliklarni infektsion kasalliklarni sekinlashtirishda mikroorganizmlarni roli borligi maʼlum boʼlgan.
Bu holat oʼsimlikshunoslikda mikroorganizmlar qoʼzgʼatadigan kasllik-larga qarshi antibiotiklarni profilaktik vosita sifatida qoʼllashda bir turtki boʼldi.
Koʼpgina meditsina antibiotiklari oʼsimliklarning infektsion kasalliklariga qarshi avval laboratoriyada va soʼngra dala sharoitida sinab koʼrilgan. Sinovdan oʼtganlari oʼsimliklarni himoya qilishda ishlatish uchun sanoat asosida ishlab chiqilgan.
Аntibiotiklar oʼsimlik ildizi orqali ksilema yordamida oson soʼrilib, poya va barggacha yetib boradi. Bundan tashqari ular barg orqali ham floema yordamida atrof toʼqimalarga tarqaladi. Аntibiotiklar oʼsimlikka faqat bu orqali emas, balki eritma, dust va pasta holatida ham ishlatilganida shu jarayon kuzatiladi (Egorov, 1969).
Daraxtlarga antibiotiklar faqat ildizi va bargi orqali taʼsir ettirilmasdan balki uning tanasi orqali ham yuborilishi mumkin.
Penitsillin va streptometsin oʼsimlikka tez singadigan antibiotiklar qatoriga kiradi. Аntibiotiklarni oʼsimlikka soʼrilishi iqlim sharoitiga va oʼsimlikning fiziologik holatiga bogʼliq. Past harorat va atrof muhitni yuqori namligi ham oʼsimlikdagi moddalar almashinuvini sust kechishini, antibiotiklarni oʼsimlikka sekin soʼrilishiga sababchi boʼladi. Аntibiotik-larni urugʼ ichiga tez singish xususiyati ularning urugʼlarini dezinfektsiya qilish uchun ishlatish imkoniyatini beradi.
Аntibiotiklarni oʼsimlik toʼqimasida saqlanish xususiyati har xil boʼlib bu muddat bir necha oylargacha davom etishi mumkin.
Аntibiotiklar yuqorida sanab oʼtilgan xususiyatlarga ega boʼlganlik-lari uchun ular oʼsimliklarni turli infektsion kasalliklariga qarshi keng koʼlamda ishlatilmoqda.

Download 48.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling