Mutaxassisligi magistranti qo’ziyev to’lqin bahodirovich ning
Namlik kamerasini hosil qilish usuli
Download 48.31 Kb.
|
QO\'ZIYEV.T.B
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Zamburug‘larni ekish va ajratish usuli
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2.2. Namlik kamerasini hosil qilish usuli
Tuproqdagi zamburugʼlarni ajratib olishda namlik kamerasi usulidan ham foydalanildi (Bilay, 1973). Buning uchun namlangan, filtr qogʼozli sterilizatsiya qilingan Petri likopchasiga tuproq qoʼyildi va oʼstirish uchun + 24 – 260S haroratli termostatda joylashtirildi. Tuproqdan unib chiqqan zamburugʼlarni yuqorida aytgan usulda sof holda ajratib olindi va umumiy miqdori va sistematikasi aniqlandi. 2.3. Zamburug‘larni ekish va ajratish usuli Zamburug‘larnig umumiy miqdorini aniqlash uchun suslo-agar, agarli chapek, kartoshkali agar va faqat agarli oziqa, shuningdek Verticillium Nees et Lk ajratib olish maqsadida ishlatiladigan oziqa muhitlaridan (G‘ulomova, 1972) foydalaniladi. Bakteriya o‘sishining oldini olish uchun agarli oziqa muhitiga limon kislotasi yoki streptotsid qo‘shib oziqa muhiti pH ko‘rsatkichi 4,5 ga teng qilib olinadi. Ba’zi bir zamburug‘lar neytral va kuchsiz ishqoriy muhitda rivojlanishini inobatga olib, parallel holda agarli oziqa muhitini pH -6,5-7 ga teng qilib ekiladi. Petri likopchalari termostatda +26 -28 0 S haroratda 15 kungacha saqlanadi. Ekilgan likopchalar uchinchi kundan boshlab vaqti-vaqti bilan tekshirilib turiladi, tez rivojlanadigan zamburug‘ koloniyalari agarli oziqa solingan probirkalarga ekib olinadi. Kuzatish 15 kungacha davom etdi. Zamburug‘ miqdorini hisoblash uchun ma’lum miqdorda suyultirilgan, ya’ni Petri likopchalarida koloniyalar soni 20 dan 100 gacha bo‘lgan namunalar tanlab olinadi. Bunda har bir koloniya shartli ravishda spora yoki giflar bo‘lagidan hosil bo‘lgan deb hisoblanadi. Har bir koloniyadagi zamburug‘ turini aniqlash uchun ularni qiya qilib qotirilgan agarli oziqa solingan probirkalarga ekiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 48.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling