Mutaxassisligi magistranti qo’ziyev to’lqin bahodirovich ning
TАDQIQOT MАNBАЪLАRI VА USULLАRI
Download 48.31 Kb.
|
QO\'ZIYEV.T.B
2. TАDQIQOT MАNBАЪLАRI VА USULLАRI
2.. Tuproqni suyultirish usuli Tadqiqotlar olib borishda Toshkent viloyatining ayrim hududlaridan olingan tuproq namunalaridan foydalanildi va laboratoriyadagi tekshiruv ishlari ToshDAU Qishloq xo’jaligi fitopatologiyasi va agrobiotexnologiya kafedrasida olib boriladi. Biz tadqiqotlarimizda Toshkent viloyatining ayrim hududlaridan olingan tuproq namunalaridan foydalaniladi. Tuproq namunalari sabzavot ekin maydonlarining 0-10, 10-20, 20-30 sm chuqurlik qatlamlaridan steril sharoitda olinadi (Litvinov, 1969). Tuproqni suyultirish namuna olingan kunning ertasigayoq umumiy mikrobiologiya va mikologiyada qabul qilingan usul asosida oʼtkazildi (Litvinov, 1969). Mikroorganizmlarning umumiy miqdorini hisoblash uchun 10 g tuproqni 90 ml sterilizatsiya qilingan kolbadagi suvga solib 5 daqiqa davomida eritildi. Sterilizatsiya qilingan pepitka yordamida 1 ml suspenziya 9 ml sterilizatsiya qilingan probirkadagi suvga solindi. Bu jarayon yana qaytarildi. Uchinchi va toʼrtinchi probirkadagi suyuqlik likopcha oziqa muhitiga (1:1000, 1:10000) ekildi. Buning uchun 0,5 ml olingan suspenziya Petri likopchasiga solingan agarli oziqa muhiti yuziga shpatelь yordamida bir tekis qilib yoyildi. Bu jarayon uch marta takrorlandi. Undan tashqari zamburugʼlarni ajratish uchun tuproqning mayda zarrachalarini Petri likopchalaridagi agarli oziqa muhiti yuzasiga bir tekis qilib sepildi. 3-7 kundan keyin tuproq boʼlaklari atrofida har xil zamburugʼ koloniyasi paydo boʼldi. Unib chiqqan zamburugʼlar mikologik ilgak vositasida probirkadagi agarli oziqa muhitiga ekildi. Soʼngra 1 g absalyut quruq tuproqdagi zamburugʼlarning miqdorini aniqlash uchun olingan tuproq bilan birga 1 g tuproqni tarozida tortib quritib qoʼyildi. 1 g tuproqdagi zamburugʼlarning miqdori quyidagi formula boʼyicha aniqlanadi: А - 1 g quruq tuproqdagi hoʼjayra miqdori, dona hisobida Б - likopchadagi oʼrtacha koloniyalar miqdori, dona hisobida В - ekilgan suyuqlik miqdori, ml hisobida Г - 1 ml suspenziyaning miqdori, tomchi hisobida Д - tekshirish uchun olingan quruq tuproq ogʼirligi, g (Zvyagintsev, 1980) Olingan natijalar matematik jihatdan V.I.Papov (1967) usuli boʼyicha qayta ishlandi. Download 48.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling