Yurtimiz allomalarining islom ilmlariga qo‘shgan hissalari


Download 18.28 Kb.
bet2/3
Sana01.11.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1738867
1   2   3
Bog'liq
Alimova Durdona1

BURHONIDDIN MARG’INONIY
«Al-Hidoya»da musulmon dunyosida fuqarolik
huquqiga oid me'yorlar ilmiy tarzda asoslab berilgan.
Marg'ilon shahrida alloma nomi bilan yuritiladigan majmuada Burhoniddin al-Marg'inoniy tavalludining 920 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. Anjumanda buyuk Vatandoshimiz nomi ehtirom bilan tilga olinib, olimning hayot yo'li, asarlari haqida ma'ruzalar tinglandi. Fiqhshunos tavallud kuniga bag'ishlab tayyorlangan kitob taqdimoti, alloma nomidagi jamg'arma faoliyati bilan tanishuv anjuman ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Burhoniddin Al-Marg'inoniy (ra) hazratlarining „Hidoya” asarlarining nikoh kitobi tenglik haqida fasl bo'limida jumladan quydagilar yozilgan:
« «Agar ayol o'ziga teng bo'lmagan kishiga o'zicha turmishga chiqsa, valiylarining bu er-hotinlarni ajiratib yuborishga haqlari bor». Ularning or-nomuslariga yetadigan zararni daf etish uchun ham bunga haqlari bor».
BURHONIDDIN MARG’INONIY
(to‘liq ismi - Abu-l-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdu-l-Jalil al-Fargoniy al-Rishtoniy al-Marg‘inoniy) (1123. 23. 9, Marg‘ilon - 1197. 29. 10, Samarqand) - fiqh olimi, islom huquqshunosi, imom. Dastavval otasi Abu Bakr ibn Abduljalil, imom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiy mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shariat ilmini muftiy Najmiddin Abu Xafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Xusomiddin Umar ibn Abdulloh ibn Umar ibn Maoz, as-Saraxsiy Abu Umar Usmon ibn Ali Poykandiy, Tojiddin Ahmad ibn al-Xusayn al-Banandinjiy, Ahmad ibn Abu Rashid al-Buxoriy kabi mashhur faqihlardan, hadis ilmini Abu Iso at-Termiziy Ziyo-ud-din Abu Muhammad Say’id ibn As’ad, al Hasan ibn al-Marg‘inoniy singari allomalardan o‘rgandi. B. M. fiqh bo‘yicha asosiy asari ("Fiqh o‘rganishni boshlovchilar uchun qo‘llanma")ni hanafiylik nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Kuduriy (1029 y. v. e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 y. v. e.) asarlariga tayanib yozgan. B. M.ning "Bidoyot-al-mubtadiy" ("Qonunni o‘rganishga kirish") kitobi nazariy, asar edi. Undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo‘lgan.
Shu sababli B. M.ning o‘zi 8 jildli sharh - "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot")ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" ("Hidoya")ni yaratadi (1178 y.). Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida bir necha tillarga tarjima etilib, ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanilgan (q. "Hidoya"). B. M. yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), "Kitob-at-tajnis val-Mazid" ("Fuqarolik huquqini taqtsim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros haqida kitob"), "Mazid fi-furu’-ul-hanafiy" ("Hanafiy mazhabiga qo‘shimchalar") va b. U o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi. B. M.ning ilmiy merosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fani B. M.ning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. 1997 y. dek.da O’zbekistonda B. M. vafotining 800 y.ligi nishonlandi. B. M. Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Shu sababli B. M.ning o‘zi 8 jildli sharh - "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot")ni yozishga qaror qilgan.
Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" ("Hidoya")ni yaratadi (1178 y.). Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida bir necha tillarga tarjima etilib, ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanilgan (q. "Hidoya"). B. M. yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), "Kitob-at-tajnis val-Mazid" ("Fuqarolik huquqini taqtsim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros haqida kitob"), "Mazid fi-furu’-ul-hanafiy" ("Hanafiy mazhabiga qo‘shimchalar") va b. U o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi. B. M.ning ilmiy merosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fani B. M.ning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. 1997 y. dek.da O’zbekistonda B. M. vafotining 800 y.ligi nishonlandi. B. M. Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Huquqshunoslik ilmining rivojiga ulkan hissa qo`shgan buyuk alloma Burxoniddin Al-Marg`uloniy o`zining «Hidoya» asarini XIII asrda yaratgan bo`lsada, bu asar XIX asrgcha butun musulmon dunyosida asosiy huquq manbai bo`lib xizmat qildi va hozirgacha o`zining ilmiy axamiyatni yo`qotgani yo`q.
Siyosiy va huquqiy ta`limotlarning bilish jarayonida yangi tushunchalar, g`oyalar vujudga keladi, bu esa nazariy bilimni boyitadi va chuqurlashtiradi. Mana shunday jamg`arish natijasida siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining barcha davrlarida ham dolzarb bo`lgan komil inson, ahloq va siyosat, fuqaro va davlat, erkinlik va zarurat, hokimiyat va zo`rlik, adolat va huquq aloqadorligi kabi "abadiy" muammolar shakllanadi. Turli davr mutafakkirlari bu muammolarni hal qilishga harakat qildilar va bu ishga o`z xissalarini qo`shdilar. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixidagi vorislik, uning nazariy mazmunini boyishi shu yo`nalishda boradi. Bu jarayon voqealarni tasvirlash Muammoviy uslub ta`limotning nazariy mazmuni zaminida qanday falsafiy ta`moyillar yotganligini, ta`limot muallifi uchun qanday g`oyalar etakchi bo`lganligini ifodalaydi. Bu uslub ta`limotning siyosiy va huquqiy bilimlar tizimida tutgan o`rni va ahamiyati, undagi vorislik va yangilik kabi nazariy muammolarni aniqlash va tahlil qilishni talab qiladi

Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling