Yurtimizda metralogiya rivojlanishi. Qadimiy kuhna o'lchovlar va o'lchov birliklari Ro’ziqulov Shaxzod


Download 380.88 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi380.88 Kb.
#1222858
Bog'liq
Yurtimizda metralogiya rivojlanishi

Yurtimizda metralogiya rivojlanishi.Qadimiy kuhna o'lchovlar va o'lchov birliklari

Ro’ziqulov Shaxzod

Metralogiya rivojlanishi va tarixini o’rganish

1923

Turkiston respublikasi XKK qarori bilan “O‘lchov va tarozilar to‘g‘risidagi Qoida” tasdiqlanib, Ichki savdoni tartibga solish qo‘mitasi qoshida Turkiston o‘lchov va tarozilar byurosi tashkil qilinib, ichki savdo tartibga solingan.

[Добавьте рисунок как доказательство того, что вы изучили]

1924 yil…


Qo‘qon shahrida amal qilish doirasi butun Turkiston respublikasi bo‘lgan Savdo o‘lchov va tarozilarini Qiyoslash Palatkasi tashkil qilindi. 1924 yilda birinchi standart va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorat laboratoriyasi (DNL) tashkil qilindi. Keyinchalik Qiyoslash Palatkasi O‘rta Osiyo o‘lchov va tarozilar Palatasiga o‘zgartirilib, Qirg‘izston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarida metrologik xizmatlarning asoschisi bo‘ldi.

O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari kengashi qoshida Standartlashtirish qo‘mitasi tashkil qilindi va 1931 yilda O‘lchov va tarozilar Palatasi bilan birlashtirildi. Urushdan keyingi yillarda har bir viloyat markazida, ular ishini O‘zbekiston SSR Vazirlar kengashi qoshidagi O‘lchov va o‘lchash asboblari ishi bo‘yicha vakolatli qo‘mita boshqargan Davlat nazorat laboratoriyalari (DNL) tashkil qilindi.

1966 yil…

Davlat nazorat laboratoriyalari standart va o‘lchash texnikasi ustidan davlat nazorat laboratoriyasiga o‘zgartirildi. Toshkent shahrida O‘zbekiston respublikasi standart va o‘lchash texnikasi ustidan davlat nazorat laboratoriyasi (O‘zRDNL) tashkil qilindi.

2017 yil…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-2935-sonli qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik bo‘linmalari negizida «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi («O‘zMMI» DK) tashkil etildi.

SHARQ MANBALARIDA O‘LCHOV BIRLIKLARI


Har bir o‘lchov birligi o‘zining uzoq tarixiga ega. O‘lchov birliklari mavjud bo‘lmagan davrlarda odamlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, biror narsaning miqdorini o‘lchashda ulardan foydalanganlar. Ilgari inson tana a’zolari ham o‘lchov vositasi sifatida qo‘llanilgan. Bizga yetib kelgan yozma yodgorliklarda ular o‘z ifodasini topib, turli davrlarda har xil yuritilgan. Asosiysi, bu o‘lchovlarni hamma ham ishlata olishini hisobga olgan holda joriy etishgan. Masalan, ularni ishlatish uchun barmoq, qo‘l, qadam, ko‘z, quloq, bo‘g‘in, chaqirim, qo‘sh, tegirmon, mo‘ndi, tirsak, tosh va boshqa narsalar asos qilib olingan.
1918 yil — dunyoda metrik tizim joriy qilingunga qadar O‘rta Osiyo mamlakatlarida quyidagi o‘lchov birliklari bo‘lgan. Chunonchi, marhala, farsax, (farsang), tosh yig‘och tanob, botmon, pud, isbat (barmoq), qadoq, chorak, quloch, tutam, enli, qarich, qadam, manzil, gaz, cho‘zim, mina, misqol, nima, nimata, paysa, payt, pina, posira quruh, shar’i ashrafiy, shohruxiy, man, shibir (qarich), po‘ta, sotih, chilla, talant, tassuj, turmusa, uqiya, unsiya, ziro, suyam, aqirim, paqir, miri, dahsar, nimcha, shair, yetmay, yesirak, dona va boshqalar.

SHARQ MANBALARIDA O‘LCHOV BIRLIKLARI


1 Marhala 25-30 kilometrga teng.
1 Sotix — maydon o‘lchovi bo‘lib, 10 x 10=100 metr kvadratga teng.
1 Botmon — 78 pudga yoki 128 kg.ga teng.
1 Qarich — bosh barmoq bilan jimjiloqning barmoq yoyilmasiga teng, ya’ni 19-20 santimetrga teng.
1 Enlik — bir barmoq eniga teng (18-20 mm) yoki 1 enlik-6 ta arpa donasining bo‘ylanmasiga teng.
1 Farsax (farsang) — masofa o‘lchov birligi — 6 km.ga teng,
1 yig‘och — masofa o‘lchov birligi — 5985 metr, ba’zi joylarda 8-9 km.ga teng
1 tanob — maydon o‘lchovi, turli joylarda turlicha: bir gektarning oltidan biridan to yarim gektarigacha bo‘lgan.
1 Put — 16 kg.
1 Isbat (barmoq) — 2-2,5 santimetr.
1 Qadoq — 409,5 gramm.
1 Chorak — 250 gramm.
1 Tutam — (Markaziy Osiyoda)=9 sm: arqon yoki tayoqni siqib ushlagan qo‘l to‘rtta barmog‘ining kengligiga mos tarzda tanlangan uzunlik birligi.
Download 380.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling