- Yusuf xos hojibning davlat hokimiyati haqidagi fikr-mulohazalari dastlab bek-hukmdor qiyofasida mujassamlashadi. Uning fikricha, bek davlatning yagona hukmdori bo’lib, uning amr-irodasi barcha uchun qonundir. Bek xudoning xohishi bilan beklik mansabiga erishgan kishidir. Xudo biror kishini bek qilmoqchi bo’lsa, avval unga beklik sifatlari va fazilatlarini ato qilar emish: bek «xudo ato qilgan» oliy mansabi bilan faxrlanishi, lekin, shu bilan birga o’z zimmasidagi katta va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan amalga oshirishi kerak; bu vazifalar mamlakatni idora etish, uning osoyishtaligi va obodonchiligi uchun kurash, mamlakat ishi uchun foydali bo’lgan qonun-qoidalar ta’sis qilish va ularni amalga oshirish, ilm-ma’rifat ahllarini himoya qilish va boshqalardan iborat.
Agar bek ilmli va ma’rifatli bo’lsa, u olimlar va donishmandlar qadriga etadi, ular bilan aloqada bo’lib, o’ziga yaqin tutadi. Bek mayxo’rlik va turli fisq-fasodga berilmasligi, ulardan hazar qilishi kerak. Zeroki, baxt-saodat ham mayxo’rlik va fisq-fasoddan hazar qiladi, ulardan qochadi - Agar bek ilmli va ma’rifatli bo’lsa, u olimlar va donishmandlar qadriga etadi, ular bilan aloqada bo’lib, o’ziga yaqin tutadi. Bek mayxo’rlik va turli fisq-fasodga berilmasligi, ulardan hazar qilishi kerak. Zeroki, baxt-saodat ham mayxo’rlik va fisq-fasoddan hazar qiladi, ulardan qochadi
- Bo’r ichmas karak bag fasod qilmasa, bu ikki qiliqdin qochar qut basa. (Beg ichimlik ichmaydigan, fasod qilmaydigan kishi bo’lishi kerak. Bu ikki qilmishdan zinhor qut-baxt qochadi). Mayxo’rlik davlat ishlariga putur etkazadi, turli nojo’ya hatti-harakatlarga sabab bo’ladi. Shoir: bekning o’zigina davlat ishlarini boshqara olmaydi. Buning uchun yordamchilar-saroy amaldorlari, ishning ko’zini biladigan er kishilar, donishmand, oqil va kishilarga bosh bo’lgan tanlangan odamlar kerak deydi. Vazirdan tortib oshpazga qadar saroy ahllarining har birini alohida-alohida ta’riflaydi, ularning sifati, burchi va vazifalarini ko’rsatadi hamda bekka o’git berib, bularga nisbatan, bir tomondan, qattiq talabchan, ikkinchi tomondan, otalarcha g’amxo’r bo’lish lozim deydi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |