Yusupbekov N. R., Muxitdinov D. P bazarov M. B., Xalilov


Navoiy Davlat Konchilik Institutining Ilmiy Kengashida muhоkama etilib, chоp etishga tavsiya etilgan


Download 2.28 Mb.
bet2/88
Sana03.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1691015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
boshqarish sistemalarini kompyuterli modellashtirish asoslari

Navoiy Davlat Konchilik Institutining Ilmiy Kengashida muhоkama etilib, chоp etishga tavsiya etilgan


Taqrizchilar: O’zMU professori, f.-m.f.d. Z.X.Yuldashev
NDKI dotsenti, t.f.n. Z.O. Eshmurodov
© Yusupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Bazarov M.B., Xalilov A.J.
© Navoiy Davlat Konchilik Instituti





Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz.


Islom Karimov.

R
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan,texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga
tatbiq etilmoqda.
Ta’lim tizimidagi chuqur va keng ko’lamda islohotlarning mazmuni va amalga oshirish muddatlari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’risida”gi qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” da o’z ifodasini topgan. Jumladan, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” da ta’kidlanganidek, “kadrlar tayorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisidiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish” lozim.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda yoshlarga zamonaviy kompyuter sirlarini hamda dasturlash texnologiyalarini chuqur o’rgatish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab zamonaviy kompyuter texnologiyalari safiga kompyuter matematikasi sistemalari jadal sur’atlar bilan kirib kelib o’qitish texnologiyalari sifatida katta muaffaqiyatlarga erishmoqda.

Keyingi yillarda kompyuter matematikasi sistemalari (Mathematica, Maple, Matlab, Mathcad va h.k.) qo’llanilmayotgan sohalarni topish juda qiyin. Hozirgi kunda turli xarakterdagi boshqaruv tizimlarini modellarini qurish va ularni elektron hisoblash mashinalarida tadqiq qilish "Avtomatlashtirish va boshqaruv" yo’nalishidagi fanlarning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Ma'lumki, kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan murakkab tizimlarni tadqiq qilishda mashinali modellash usuli eng samarali va bu usulning yordamisiz texnika va texnologiyaning ba'zi muammolarini hal etish qiyinlashib qoldi. Shu sababdan muhandis-texnologlarni tayyorlashdagi dolzarb masalalardan biri - matematik modellashtirish nazariyasining asoslarini va usullarini o’zlashtirish hisoblanadi. Bu masala nafaqat o’rganilayotgan ob'ektlarning modellarini qurish, ular dinamikasini tahlil qilish va model bilan mashinali eksperimentni boshqarish imkonini beradi, balki o’rganilayotgan tizimlarga yaratilayotgan modellarning monandligini ma'lum miqdorda, qo’llanish chegarasida fikr yuritish mumkinligi hamda zamonaviy hisoblash texnika vositalarida tizimlarning modellashni to’g’ri tashkil qilish imkonini beradi.
Shu kunlarda rivojlangan mamlakatlarda muhandislar, texnologlar, aniq fanlar mutaxassislari o’zlarining ilmiy tadqiqotlarida zamonaviy dasturiy tizimlar - Mathematica, Mathcad, Maple, Matlab ning imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. Jahonning yetakchi universitetlari o’zlarining o’quv jarayonlariga bu tizimlarni keng ko’lamda joriy qilganlar.
Taqdim etilayotgan ushbu qo’llanmada modellashtirishning yangi ko’rinishlaridan biri bo’lgan – kompyuterli modellashtirish asoslari hamda kompyuterli modellashtirishning asosiy vositalaridan biri bo’lgan kompyuter texnologiyasining ilg’or tizimlari - Mathmatica, Maple, Matlab ning kompyuter algebrasi tizimlari orasida tutgan o’rni, ularning bir-biridan farqli tomonlari, kamchiliklari, yutuqlari faktlar asosida yoritilgan. Ushbu qo’llanma “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish”, “Avtomatlashtirish va boshqaruv” va turdosh texnik ixtisosliklar bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda Mathmatica, Maple, Matlab tizimlarning vositalaridan foydalangan holda “Boshqarish sistemalarini kompyuterli modellashtirish”, “Avtomatik boshqarish nazariyasi” fanlarining tipik masalalarini yechish yo’llari bayon qilingan.
Qo’llanma, o’zbеk tilida yozilgan dastlabki amaliyot bo’lganligi sababli, ayrim kamchiliklardan хoli emas. Shu bois qo’llanma haqidagi tanqidiy fikr- mulohazalarni mualliflar quyidagi elektron manzillarda: mamurjon@mail.ru, azim_xj@mail.ru mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling