Oyna sarlavhasi
|
Holatlar satri
|
Menyular satri
|
Prokrutka chizg’ichlari
|
Ishchi soha
|
|
1.2- rasm. Interfeys oynasining ko’rinishi
Sarlavhada Mathematica tizimining belgisi va joriy “ishchi soha”dagi hujjatning nomi ko’rsatiladi. E’tibor berilsa, Mathematicada, boshqa dasturlardagidek, “Vositalar paneli”, “Formatlash paneli” va shunga o’xshash satrlar mavjud emas. Tizim mualliflari tomonidan, bu yordamchi vositalar - panellarining o’rniga turli matematik belgilar funksiyalar, tizimni boshqarish buyruqlarining (ularning soni 700 dan ortiq) piktogrammalarini o’zida mujassamlashtirgan palitralar kiritilgan.
Prokrutka chizg’ichlari. Bu chizg’ichlar tizim oynasining o’ng va ostki qismlarida joylashgan. Ular ishchi sohadagi matnni vertikal va gorizontal yo’nalishlarga siljitish uchun ishlatiladi. Har bir chizg’ichda “yugurdak”(begunok) o’rnatilgan bo’lib, u orqali oyna hujjatning qaysi joyiga kelganini bilib olish mumkin.
Holatlar satri. Bu satr ishchi sohaning ostki qismida joylashgan. Hujjatni kiritish davomida bu satrda ko’rsatkichlar holati, menyu va buyruqlar haqida ma’lumotlar berib boriladi.
Menyular satri. Matematica tizimida ham boshqa dasturlardagi kabi, bajarilayotgan amallar menyu qismlari orqali tartibga solinadi.
1.3- rasm. Menyular satrining ko’rinishi
Menyular satri (1.3- rasm) quyidagi qismlardan: Fayl (File), Redaktirovat (Edit), Yacheyka (Cell), Format (Format), Vvod (Input), Yadro (Kernel), Nayti (Find), Okno (Window), Pomosh (Help). Bu qismlarning orasida “Fayl” va “Redaktirovat”ning ko’pgina bandlari Windowsning barcha amaliy dasturlaridagi (Fayl va Pravka) kabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |