Redaktirovat (Edit) menyusi
Hujjatlarni tahrirlashning barcha amallari Redaktirovat menyusida keltirilgan.
Ushbu menyuning ba’zi bandlarini tavsiflarini keltiramiz:
Otmena (Undo – Ctrl+z)- amallarni rad etish;
Vыrezat(Cut - Ctrl+x ) – yacheykadagi matnni qirqib buferga o’tkazish;
Kopirovat(Copy - Ctrl+c) – yacheykadagi ma’lumotni nusxasini olish;
Vstavit(Paste - Ctrl+v) – buferdagi ma’lumotni yacheykaga joylashtirish;
Vstavit kak(Paste as) – buferdagi ma’lumotni berilgan formatda yacheykaga joylashtirish;
Videlit vse(Sellect all - Ctrl+a) –barcha yacheykalarni belgilash(tanlash);
Pomestit ob’ekt(Insert Object)- ob’ektlarni joylashtirish;
Orfograficheskaya proverka(Chek Spelling) – orgrofiya nuqta- nazaridan tekshirish;
Nastroyki (Prefereces) – tizimni sozlash oynalarini chaqirish.
Yacheyka (Cell) menyusi
Yacheykalar hujjatlarning asosiy qismlari hisoblanadi. Yacheyka bir – biridan statusi (maqomi) bilan farq qilib, uning tipi va turli holatlardagi ko’rinishlari – ularning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.
Yacheyka menyusi da yacheykalar ustida amallar bajarishni tashkil etadigan buyruqlar joylashtirilgan.
Ushbu menyuning ba’zi buyruqlarining tavsiflari quyidagicha:
Konvertirovat v (Convert to) – yacheyka formatini almashtirish;
Otobrazit kak (Display As) – yacheyka kœrinishini formatini almashtirish;
Opsii yacheyki (Cell Properties) – yacheykalarni xossalarini o’rnatish;
Gruppirovka yacheyek (Cell Groupping) - yacheykalarni guruhlash;
Statistika razmerov yacheyki (Cell Size Statistics) – yacheykalarning o’lchamlari haqida ma’lumotlarni olish va h.k.
Format ( Format) menyusi
Mathematica tizimida kiritish va chiqarish yacheykalarining formatlashni turli imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlarga yacheykalarni o’lchamlarini, simvollarning ranglarini, Shriftlarni tanlash va h.k. lar kiradi.
Format menyusi (8-rasm) bir necha bandlardan tashkil topganini ko’rish qiyin emas. Bu buyruqlar odatda nashriyot masalalarini qulay va tez hal qilish uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |