Dars turi: o`quvchilarning bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvch, yangi tushuncha berish darsi
Darsningmetodi: suhbat, guruhlar musobaqasi,”Tushunchalar tahlili”-metodi, “Adashgan so`z” o`yini, “Chalaxat”-innovatsiyasi, “Muammoli ta`lim” metodi, savol-javob darsi
Darsning jihozi: adabiyot darsligi, Said Ahmad hayoti va ijodiga oid rasmlar,adib asarlari, bukletlar, doska, bo`r, oq qog`oz va marker, notebook, proektr.
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlab jurnal yuritish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi o`quvchi axborotini tinglash.
Darsning borishi:Darsimizni sevimli shoirimiz Muhammad Yusufningning Said Ahmadga bag`ishlab yozgan “Said Ahmad” she`ri bilan boshlaymiz.
Said Ahmad
Yi l bo`shat r yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasi Said Ahmadni
Farishtalar aylar parvarish.
Boshiga tosh yog`ilsa agar,
Bildirmaydi bu metin odam.
Hamma xursand, o`zi zerikar,
Latifalar aytganida ham. ( 1992-yil)
II O`tilganlarni takrorlash, uyga vazifani so`rash.
Guruhlar musobaqasi tashkil etamiz. Guruh o`quvchilari 2-guruhga ajratilib nomlanadi.
1-guruh.”Adolat”
2-guruh.”Ezgulik”
1-topshiriq.Adabiyotga eng chiroyli ta`rif.Har bir guruh adabiyotni mashhur,badiiy jumlalar bilan ta`riflashi mumkin.
Adabiyot bu-“Adabiyot, so`z san`ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo`lib keladi ”-degan edilar birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Adabiyot buyuk ma`naviy xazina.
Adabiyot bu-
Adabiyot bu-
2-topshiriq.”Tushunchalar tahlili”-usuli. O`quvchilar har bir berilgan so`zni izohlab ma`lumotlar bilan boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |