Yuvenal sud jarayonlarida ijtimoiy ish. Yuvenal adliya tushunchasi. Yuvenal yustitsiya
Download 22.33 Kb.
|
Yuvenal sud jarayonlarida ijtimoiy ish
Yuvenal sud jarayonlarida ijtimoiy ish. Yuvenal adliya tushunchasi. Yuvenal yustitsiya (Juvenile Justice)bolalar huquqbuzarligi, bolalar sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin jinoyat turlari va sud, huquqbuzar bolalar uchun mo'l- jallangan muassasalar tomonidan bolalarga qilinadigan muomala usullari va huquqbuzarlikning oldini olish yo‘llari kabi mavzular qamrab olinadigan keng tushunchadir1. Yuvenal yustitsiya masalalariga oid har qanday yondashuv zamirida quyidagi tamoyillar yotadi: • aybsizlik prezumpsiyasi; • voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olingan zahotiyoq uning ota-ona- larining hozir bo‘lish huquqini ta’minlash maqsadida ota-ona yoki vasiyni zudlik bilan xabardor qilish; • imkoni bo‘lsa, sud jarayoni boshlanmasdan turib ulami ushlab turishdan saqlanish va bunday ushlab turish eng qisqa muddatlardagina amalga oshirilishini ta’minlash; • inson salomatligi va qadr-qimmatining ta’minlanishi uchun barcha talablarga javob beradigan muassasalar barpo etilishi va ham davolash, ham oldini olishga mo'ljallangan yetarli, lozim darajadagi tibbiy xizmatning ko'rsatilishi; • tegishli voyaga yetmagan shaxsning jismoniy va ruhiy sog'li- g'iga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan jismoniy jazolash usullaridan iborat qattiq, shafqatsiz, g'ayriinsoniy va inson qadr-qimmatini oyoqosti qiladigan barcha tarbiyaviy usullaming taqiqlanishi; • yaqinlar bilan uchrashish, shaxsiy daxlsizlik, tashqi dunyo bilan aloqa va kundalik yumushlami bajarish uchun yetarlicha vaqtga ega bo'lish kabi huquqlar, odil va insoniy muomalaga bo'lgan huquqlar; 1 Bola lam i himoya qilish. Parlament a ’zolari uchun qo'llanma. - Т.: UNICEF, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006. - B. 163. 367 • ozodlikdan mahrum qilish muassasasidan tashqarida malakali o'qi- tuvchilar tomonidan ta’lim berilishi bolalaming ehtiyojlariga mos bo'lishi va ulami jamiyatga qaytishga tayyorlashi; • bolalaming katta yoshdagi mahbuslardan alohida saqlanishini ta’ minlash, ular bolaning oila a’zosi hisoblangan hollar, bundan mustasno. Yuvenal yustitsiya masalalariga doir maqsadga muvofiq yondashuv- ning mavjudligi, birinchi navbatda, bolalaming qonun bilan ziddiyatga bo- rishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rishni talab etadi. Bu hukumatdan tortib to jamoalar va oilalargacha barcha darajalarda amal qilini shi lozim bo'lgan majburiyatdir1. Jahon parlamentlarining tashkiloti hisoblangan Parlamentlararo Ittifoq turli mamlakatlar parlamentlariga yuvenal yustitsiyaga aloqador qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflami ilgari surgan. Ush bu takliflarda quyidagilar ta’minlanishi maqsadga muvofiqligi ko'rsatib o'tilgan: - balog'atga yetmagan bolalaming jinoyat sifatida baholanmay- digan harakatlari (harakatsizligi) uchun ularga jinoyatchidek muomala qilinmasligi; - jinoyat sodir etishda ayblanayotgan balog'atga yetmagan bolalar sud jarayoniga taalluqli Bola huquqlari to'g'risida konvensiyaning 40-moddasi 2-qismida ko'zda tutilgan barcha kafolatlardan foydalana olishga qodir bo'lishi; - jinoyat sodir etishda ayblanayotgan balog'atga yetmagan bolalaming huquqiy yordam olishga bo'lgan huquqlari; - ishni ko'rib chiqishning barcha bosqichlarida maxfiylikning huquqiy tan olinishi. Yuvenal yustitsiyaga dahldor qonun hujjatlari, lozim topilganda, Bola huquqlari qo'mitasining quyidagi takliflariga muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida qayta ko'rib chiqilishi zarur: - balog'atga yetmagan bolalami jinoiy javobgarlikka tortish bo'yicha minimal yosh 15 yosh yoxud shu yoshga imkon qadar yaqinroq qilib belgilanishi lozim; - jinoiy javobgarlikka tortishning muqobillari tan olinishi va javobgarlikka tortishga daxldor tegishli standartlar qonunchilikka kiritilishi lozim; - jinoyat sodir etishda ayblanayotgan 18 yoshga to'lmagan barcha shaxslarga balog'atga yetmaganlardek muomala qilish zarur. 1 Bolalami himoya qilish. Parlament a ’zolari uchun qo'llanma. - Т.: UNICEF, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006. - B. 167-168. 368 Balog1 atga yetmagan bolalaming ushlab turilishiga tegishli qonun hujjatlarida quyidagilar ta’minlanishi maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi shart: - milliy qonunchilikning tegishli qoidalariga “oxirgi zamrat” tamoyilining inkorporatsiya qilinishi; - ota-ona yoki vasiyni xabardor qilish majburiyatining tan olinishi; - balog‘atga yetmagan shaxslaming eng yaxshi manfaatlari amalga oshirilgan taqdirda uning katta yoshdagilar bilan birga saqlanishiga yo‘l qo'yish yoxud, aksincha, uning eng yaxshi manfaatlaridan kelib chiqib, ulaming katta yoshdagilar bilan birgalikda saqlanishini taqiqlash. Jinoyat sodir etishda ayblangan o ‘smirlami hukm qilishga doir qonun hujjatlarida quyidagilar ta’minlanishi uchun ish qayta ko‘rib chiqilishi lozim: - “oxirgi zarurat” va “imkon qadar eng qisqa muddatlarga” tamoyillarining oshkora tan olinishi; - o‘lim jazosining qo'llanilmasligi yoxud jismoniy jazolash usullaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi'. UNICEF qonunga qarama-qarshi chiqayotgan yoki xatar guruhida bo‘lgan bolalarga yanada to‘liq himoyani ta’minlash maqsadida sud-huquq tizimini takomillashtirish yo‘lida hukumat bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Bu boradagi faoliyat bolalar uchun yarashtirish, zararni qoplash va mediatsiya kabi shakl va uslublardan foydalanishni nazarda tutadigan qayta tiklovchi odil sudlovni rivojlantirish va shu orqali bola rasmiy sud tizimi bilan aloqa qilishining oldini olishni o‘ziga kiritadi. Shu bilan birga, UNICEF qonunga qarama-qarshi chiqayotgan yoki xatar guruhida bo‘lgan bolalarning ehtiyojlariga yo‘naltirilgan sud tizimini yaratishga xizmat qiladi. Ayni paytda, bolalar manfaatlarini yaxshiroq aks ettirish uchun, huquqdan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. UNICEF O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qoshidagi Tadqiqot markazi bilan hamkorlikda mamlakatning 14 viloyatlaridan jinoiy ishlar va fuqarolik sudlarining sudyalarini bolalar huquqi sohasidagi xalqaro standartlarga va bolalarga nisbatan do‘stona sud taomillariga o‘qitishni tashkil qildi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiyalar zaif guruhga mansub bo‘lgan bolalar bilan ijtimoiy ishlarni olib borish elementlarini hamda bolalar uchun odil sudlov taomillarini o‘zlashtirib olishlari maqsadida ular joriy yili ushbu loyihaga jalb etilgan. UNICEF bolalarni sud jarayoni boshlangunga qadar hibsga olish masalasiga alohida e’tibor qaratadi va bu chora eng keskin holatlarda qo‘llanilishi hamda sud jarayoni boshlangungacha hibsda saqlash muddati 6 oydan oshmasligi yuzasidan g‘amxo‘rlik qiladi; UNICEF 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar hibsda kattalardan alohida saqlanishiga rioya etilishi va ularni saqlash sharoitlari xalqaro standartlarga butunlay mos bo‘lishi uchun tegishli choralarni ko‘rmoqda; UNICEF Toshkent davlat yuridik institutining dasturiga yuvenal adliya tamoyillariga asoslangan bola huquqlari to‘g‘risidagi o‘quv kursi joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi. Bu amal mazkur sohadagi xalqaro hujjatlar va standartlarni yaxshi biladigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Istiqboldagi rejalar jabrlangan yoki jinoyat sodir etilishining guvohi bo‘lgan bolalar uchun huquq va kafolatlarni belgilaydigan qonunchilik, standartlar va qarorlarni ishlab chiqish hamda bunday bolalarga yordam ko‘rsatish uchun tegishli xizmatlarni tashkil etish; nomaqbul bolalar uchun har tomonlama xizmatlarni tashkil qilish va balalarga ushbu xizmatlarni taqdim etadigan birlamchi bo‘g‘in xodimlarining kasbiy mahorat darajasini oshirish; oilaviy ishlar bo‘yicha sudlarni yaratish hamda vasiylik qilish yoki bola qilib olishning muqobil shakli bo‘yicha qarorni ma’muriy organlar emas, balki aynan sudlar qabul qilishini hisobga olib, sudyalarni ixtisoslashtirish maqsadida tegishli tuzilmalar xodimlarining xabardorlik darajasini oshirish; huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari uchun bola huquqlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini tayyorlash hamda oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish kurslarida bola huquqlari va bolalarga nisbatan do‘stona sud jarayonini yuritish bo‘yicha maxsus o‘quv kursini joriy etish uchun ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yuritish. Download 22.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling