Analitik usulda yuzani aniqlash
Joyda o‘lchangan chiziqlar va burchaklar natijalari bo‘yicha yer bo‘laklari yuzasini aniqlashda geometrik va trigonometrik formulalari qo‘llanadi. Bu formulalar juda ko‘p bo‘lib, quyida eng kop qollaniladigani korib chiqilgan.
Qurilishlar, aholi yashaydigan joylar bilan band bolgan yer maydonlarni, shudgorlar, ekinzorlar yuzalarini aniqlashda, ularning konturlari oddiy geometrik shakllarga, kopincha uchburchaklar, togriburchaklar va trapetsiyalarga bolinib, ularning yuzalari chiziqli elementlar (balanlik va asoslar) boyicha hisoblangan alohida shakllar yuzasi yigindilari korinishida aniqlanadi.
Agar yer bolakning chegarasi boyicha teodolit yol otkazilgan bolsa, unda uning yuzasini quyidagi formulalar orqali aniqlash mumkin.
Uchburchak (6.1. shakl, ). Uchburchak yuzasini ikki tomon S1 va S2 hamda ular orasidagi β2 burchak orqali aniqlash mumkin. 6.1. shakl, dan ma’lumki,
2R=S1h, bu yerda h = S2 sinβ2 .
h - qiymatini (6.1.1.) ga qo‘yib, hosil qilamiz
2R=S1S2sinβ2. (6.1.2.)
Geometrik shakllar va ularning elementlari.
To‘rtburchak. Uzunligi ma’lum to‘rt tomon S1, S2, S3, S4 va ikki qarama - qarshi burchaklar β1 va β2 (6.1. shakl, b) bo‘yicha, (6.1.2) formula asosida quyidagicha yozamiz
2R=S1S2sinβ2+S3S4sinβ4. (6.1.3)
Beshburchak. Uzunligi ma’lum besh tomon va uch burchak β2, β4 va β5 bo‘yicha (75 - shakl, v), (6.1.2) formula asosida hosil qilamiz
2R = S1S2 sinβ2 + S3S4 sinβ4 + S4 S5 sinβ5 + S3 S5 sin(β4+β5 -1800).
Do'stlaringiz bilan baham: |