9-mavzu. Yer tuzish mazmuni,mohiyati va yerdan oqilona foydalanishni tashkil etishdagi ahamiyati


Download 34.8 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi34.8 Kb.
#1434013
  1   2
Bog'liq
9-ma`ruza


9-mavzu. Yer tuzish mazmuni,mohiyati va yerdan oqilona foydalanishni tashkil etishdagi ahamiyati.
Reja

  1. Davlatimizda yer tuzishning umumiy va aniq vazifalari.

  2. Yer tuzishning iqtisodiy mohiyati.

  3. Yer tuzishning huquqiy asoslari.

  4. Yer tuzish texnikasi.



Tayanch so‘z va iboralar: tadbirlari tizimi, xaritalash, maydonlarni hisoblash, loyihalash texnikasi, loyihani joyga ko‘chirish, chizmalar, xo‘jaliklararo, xo‘jalik ichida yer tuzish.

Yer tuzish tushunchasini quyidagicha talqin qilish mumkin. Yer tuzish – bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib, yerdan foydalanish, uni muhofaza qilishni tashkil etish, yer egaliklari va yerdan foydalanuvichlarni maxsus yer fondlarini tashkil qilish va tartibga solish, qishloq xo‘jalik korxonalari va dehqon xo‘jaliklari hududlarini tashkil qilish, tabiiy landshaftlarni yaxshilash va maqbul ekologik muhit yaratishdir.


Bizning vatanimizda yer tuzish murakkab va har xil turdagi davlat tadbirlari tizimidir. Bunga quyidagilar kiradi:
1) iqtisodiy (loyiha yechimlarini ishlash va iqtisodiy asoslash) huquqiy (huquqiy asoslash, kelishish, tasdiqlash), texnik (xaritalash, maydonlarni hisoblash, loyihalash texnikasi, loyihani joyga ko‘chirish) tadbirlar;
2) harakat tizimi;
3) yer tuzish xujjatlari tizimi (yerdan foydalanish, muhofaza qilish bo‘yicha har xil loyihalar va chizmalar, xo‘jaliklararo va xo‘jaliklar ichida yer tuzish).
Yer to‘g‘risidagi qonunga asosan yer tuzishning umumiy vazifalariga xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida yerdan ratsional foydalanishni tashkil qilish, barqaror lendshaftlar yaratish, yerni muhofaza qilii uchun sharoit yaratish, yer va unda joylashgan ishlab chiqarish vositalaridan birgalikda foydalanish zaruratini hisobga olib, ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish kiradi.
Hozirgi davrda yer tuzishning aniq vazifalariga esa quyidagilar kiradi:
1) yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning ratsional tizimini yaratish, uni takomillashtirish;
2) yer egalari, yordan foydalanuvchilar, ijarchilarning xo‘jalik yuritishi va rivojlanishi uchun bir xil sharoit yaratish;
3) mulk qilib, egalik yoki foydalanish huquqi bilan berilgan yerlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
4) yer solig‘i va ijara haqini belgilash uchun ma’lumotlar tayerlash; yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlari qaytarib olinganda, ular ko‘radigan zararni qoplash:
5) yer tuzishda joylarda belgilangan chegaralarning daxlsizligini ta’minlash;
6) melioratsiya tadbirlari o‘tkazishning kelajakdagi asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;
7) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional tashkil qilish uchun hududiy sharoit yaratish;
8) tabiiy landshaftlarni yaxshilash va saqlash, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, buzilgan yerlarni tiklash, ularni eroziyadan, ifloslanishdan va boshqa salbiy oqibatlardan muhofaza qilish, hamda buzilgan yerlardan foydalanishni belgilangan muddatga to‘xtatish (konservatsiyalash) bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish.
Yer tuzishning mohiyati uning iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, yerdan ishlab chiqarish vositasi va ijtimoiy iqtisodiy aloqalar manbai sifatida foydalanishni tashkil qilish, hududni ishlab chiqarish talablariga moslab tuzishdan iborat.
Yer tuzishning iqtisodiy ma’nosi hududlarni tashkil qilish turlari va elementlarining (yer bo‘lagining maydoni, joylashuvi, shakli, yer turlari tarkibi, uning chegaralari) ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va uni tashkil qilish talablariga, yerni ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va undan ratsional foydalanish vazifalariga to‘la moslashdan iboratdir.
Yer tuzishning huquqiy asosi Respublika Konstitutsiyasiga asoslangan yer qonuniyatlari hisoblanada. Uning asosiy manbalarini “Yer kodeksi”, Hukumatning yerdan foydalanish va yer to‘g‘risidagi qarorlari, ko‘rsatmalari va Prezident farmonlari tashkil qiladi.
Yer tuzishning texnik asoslariga uni plan-xarita mahsulotlari bilan ta’minlash, topografiya-geodeziya ishlarini bajarish (masalan, loyihani joyga ko‘chirish) va boshqa yer tuzish tarkibidagi texnik ishlar kiradi.
Mamlakatimizda yer tuzish ishlarining umumiy tarkibi Res-publikaning Yer kodeksida belgilangan. Ular quyidagi turdagi yer tuzish ishlaridan iborat:
1) respublika va uning mintaqalarida yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini (sxemalarini) ishlab chiqish;
2) rayonlar, viloyatlar va Qoraqolpog‘iston Respublikasining yer tuzish chizmalarini (sxemalarini) ishlab chiqish:
3) yerlardai foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq bashoratlash (prognozlash) ishlarining respublika va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish;
4) tabiatni muhofaza qilish, dam olish va qo‘riqxona rejimidagi hududlarning joylashuvi va chegaralarining belgilanishini asoslash.
Xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi;
1) joyning o‘zida qishloqlar (ovullar) xo‘jaliklar, tumanlar, shaharlar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston davlati chegaralarini belgilash;
2) yerlarning joylashuvidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yangi yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarini tashkil etish hamda mavjud yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yerlari hududlarini tartibga solish loyihalarini tuzish;
3) yangi tashkil etilayotgan, bo‘linayotgan hamda yiriklashtirilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasa va tashkilotlarga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;
4) davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer ajratib berish loyihalarini tuish;
5) joyning o‘zida yer uchastkalarini ajratib berish, yerga egalik qilish va undan foydalanish huqqini tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlash.
Xo‘jalik ichidagi yer tuzish jamoa xo‘jaliklari, davlat hamda boshqa qishloq xo‘jalik korxoialari, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek ijaraga berilgan yerlar, dehqon xo‘jaliklari hududini tashkil etib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq, xo‘jalik yerlarini (xaydalma yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, uzumzor va boshqalar) ratsional joylashtirishni, tuproqning suv va shamol ta’sirida nurashi (eroziyaga) qarshi kurash tadbilarini kompleks qayta qurish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Yer tuzish jarayonida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzishda yer kadstri va yerdan foydalanishga aloqador boshqa tadbirlar natijalari va malumotlaridan foydalanish kerak. Davlat yer kadastri yerning huquqiy tartibi, ularning mulkdorlar, yer egalarli, yerdan foydolanuvchilar va ijarachilar orasida taqsimlanishi, yer kategoriyalari, yerning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati va sifati xaqidagi zarur ma’lumotlar va hujjatlar tizimini o‘z ichiga oladi.

Download 34.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling